Zimbabve (inglizcha: Zimbabwe), Zimbabve Respublikasi (inglizcha: Republic of Zimbabwe) – Afrika janubdagi davlat. BMT aʼzosi. Maydoni - 390,76 ming km. Aholisi - 11,5 mln. kishi (2001). Poytaxti Xarare shahri. Maʼmuriy jihatdan 8 viloyat (province)ra boʻlinadi.
Davlat tuzumi Zimbabve – respublika. Avvalgi nomi – Janubiy Rodeziya. Britaniya Hamdoʻstligi tarkibiga kiradi. 1980-yilda mamlakat mustaqillikka erishgach, Zimbabve Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda qabul qilingan, unga 1987 va 1989-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (1987-yildan R. G. Zimbabve gerbi. Mugabe). U toʻgʻri umumiy ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi va cheklanmagan marta qayta saylanishi mumkin. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament. Uning vakolat muddati – 5 yil Ijroiya hokimiyatni prezident bilan hukumat amalga oshiradi. Prezident hukumatga boshchilik qiladi, vitseprezidentlarni va vazirlarni tayinlaydi.
Tabiati Zimbabvening katta qismini tokembriy kristall jinslaridan tuzilgan Matabele va Mashona platolari egallagan (eng baland joyi – Inyanga togʻi, 2596 m). Hududi aksar qismining bal. – 800–1500 m. Platolar shimoida Zambezi daryosi vodiysiga, janubda esa Limpopo daryosi vodiysiga zinapoyasimon pasayib tushadi. Foydali qazilmalari: xrom, litiy, temir, mis, qalay rudalari, oltin, toshkoʻmir, asbest. Iklimi mamlakatning shimoliy qismida ekvatorial mussoili, janubda tropik passatli iqlim. Eng issiq oyi (yanvar)ning oʻrtacha temperaturasi 21–27°; eng salqin oyi (iyul)niki 10–17°. Oʻrtacha yillik yogʻin janubi-gʻarbda 300–700 mm dan Inyanga togʻi sharqiy etaklarida 1000–2000 mm gacha. Yirik daryolari: Zambezi, Limpopo va Sabi. Zambezi daryosining oʻrta oqimida yirik Kariba suv ombori bor. Aksari qismi jigarrang tuprokli yerlarda oʻsadigan savannalardan iborat, janubiy quruq dashtlar. Hayvonot dunyosi xilma-xil: kiyik, buyvol, jirafa, zebra, fil, karkidon, sher, begemot, qoplon, sirtlon, boʻri va boshqalar. Zimbabveda umumiy maydoni 26 ming km milliy bogʻ va noyob hayvonlar saqlanadigan qoʻriqxonalar bor. Yiriklari – Xvange, Matusadona, Viktoriya-Fole, Mana-Puls va boshqalar. Aholisining 90% mashona va matabele elatiga mansub afrikalik bantular; yevropaliklar, osiyoliklar ham bor. Shahar aholisi 26,4%. Rasmiy tili – ingliz tili. Dindorlarning aksariyati xristianlar va mahalliy anʼanaviy dinlarga ibodat qiluvchilar. Yirik shaharlari: Xarare, Bulavayo, Gveru, Kvekve, Kadoma, Mutare, Masvingo.
Tarixi Zimbabve hududidan topilgan qad. buyumlar (sopol idishlar, toshdan yasalgan mehnat qurollari) paleolit davriga taallukli. XII—XVII asrlarda bu yerda Monomotapa davlati mavjud boʻlgan. Arxeologik topilmalar (turar joylar, irrigatsiya inshootlari va boshqalar.) buning dalili boʻla oladi. XVI asrda shu davlat portugal mustamlakachilarining xurujini qaytardi. XVIII asrda Limpopo va Zambezi daryolari oraligʻida mashona qabilasi hukmronlik qilgan. XIX asr 50–60yillarida Zimbabvega ingliz mustamlakachilari bostirib kira boshladi. 1889-yil Angliya qirolichasi Viktoriya „Britaniyaning Janubiy Afrika kompaniyasi“ („British Saut Afrika kompani“, 1888-yil S. Rode tomonidan tuzilgan)ga Zimbabve hududi ustidan maʼmuriy rahbarlik qilish huquqini berdi. S. Rode tabele qabilasining oliy boshligʻi Lobenguladan foydali kazilmalarni kazib olish uchun ruxsatnoma ham oldi. 1893-yil ingliz qoʻshinlari mamlakatni bosib oldi va uni Rode sharafiga Janubiy Rodeziya deb atay boshladi. Afrikaliklar mustamlakachilarga qarshi bir necha marta qoʻzgʻolon koʻtarib chiqishdi, ayniqsa 1896– 97 yillarda juda katta qoʻzgʻolon boʻlib, mustamlakachilar uni shafqatsizlik bilan bostirdi.
1923-yil Zimbabve „oʻzini oʻzi idora qiladigan“ mustamlaka maqomini oldi. Ogʻir ekspluatatsiya, soliklar afrikaliklar tinkasini kuritib, mustamlakachilarga qarshi gʻazabini kuchaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng mustamlakachilikka qarshi harakat avj olishi bilan Angliya hukumati 1953-yil Rodeziya va Nyasalend federatsiyasini tuzdi. 1963-yilga kelganda bu federatsiyaga putur yetib, mamlakatda ozodlik harakati avj ola boshladi. 1965-yil ozchilikni tashkil etgan yevropaliklardan tuzilgan Yan Smit hukumati koʻpchiliqdan iborat afrikaliklar huquqini poymol etib, Janubiy Rodeziyani „mustaqil“ deb eʼlon qildi. 1969-yil mamlakatda irqchilikni mustahkamlashga qaratilgan yangi „konstitutsiya“ qabul qilindi.
Smit hukumatining siyosati afrikaliklarning qattiq qarshiligiga duchor boʻldi. 1974-yil Milliy majlisga oʻtkazilgan saylovni afrikaliklar boykot qildilar. 1974-yil dekabrda Lusaka (Zambiya)da Afrika Milliy kengashi, Zimbabve afrika xalqi ittifoqi, Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqining rahbarlari Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining tub manfatlarini ifoda etgan konstitutsiyey konferensiya chaqirishni talab etdilar. Mazkur uchrashuv qatnashchilari kelishib, oʻz tashkilotlarini birlashtirib, yagona partiya – Afrika Milliy kengashini tuzishga ahd qildilar. Janubiy Rodeziya mahalliy aholisining irqchilik tuzumiga qarshi ozodlik harakatini Afrika birdamligi tashkiloti, barcha taraqqiyparvar kuchlar quvvatladi. 1976-yilda tuzilgan hamda Afrika Milliy kengashi bilan Zimbabve afrika xalqi ittifoqini oʻz ichiga olgan Zimbabve vatanparvarlik fronti bu kurashning kuchayishiga koʻmaklashdi. 1978-yilda Ya. Smit bilan afrikalik qoʻgʻirchoq arboblar oʻrtasida „ichki ahvolni tartibga solish“ toʻgʻrisida bitim tuzildi. 1979-yil aprelda oʻtkazilgan soxta saylov natijalarini xalqaro miqyosda hech kim tan olmadi. Oʻsha yil dekabrda Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada boʻlgʻusi konstitutsiya va saylov oʻtkazish toʻgʻrisida kelishib olindi. 1980-yildagi saylovda vatanparvar kuchlar gʻalaba qozondi. 1980-yil 18 aprelda mustaqil Zimbabve Respublikasi eʼlon qilindi. 1987-yilgi saylov ham shu kuchlar gʻalabasi bilan yakunlandi. Zimbabve – 1980-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami – 18 aprel – Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1980). Oʻzbekiston Respublikasining mustaqilligini 1992-yil 27 yanvarda tan olgan.
Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi – Vatanparvarlik fronti, 1963-yilda asos solingan; Zimbabve birligi harakati, 1989-yil tuzilgan; Zimbabve afrikaliklar milliy ittifoqi, 1977-yil tashkil etilgan; Zimbabve konservativ uyushmasi, 1962-yilda asos solingan, 1984-yilgacha Rodeziya fronti, Respublika fronti deb atalgan; Birlashgan partiyalar, 1994-yilda tuzilgan. Zimbabve kasaba uyushmalari kongressi – Birlashgan kasaba uyushma markazi. Taʼsis kurultoyi 1981-yil fevral–martda boʻlib oʻtgan.
Xoʻjaligi Zimbabve Afrikaning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlaridan biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoat 33%, qishloq xoʻjaligi 19,5%ni tashkil etadi. 1991-yilda eʼlon qilingan iqtisodiyot tarkibini qayta qurish dasturida davlat nazoratini kamaytirish, tashki savdo faoliyatini erkinlashtirish, foydadan olinadigan soliqni pasaytirish, erkin savdo mintaqalarini ochish koʻzda tutilgan.
Sanoati Mahsulot ishlab chiqarish va konchilik sanoati iqtisodiyotning asosini tashkil etadi. Bu tarmoqdar mahsulotining 90% eksport qilinadi. Sanoati oziqovqat, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil yigʻuv, metallurgiya hamda konchilik tarmoklaridan iborat. Gveru va Masvingo atrofida xromit, Zvishavani yaqinida asbest, Mxangurada mis, Shangani konlarida nikel, oltin qazib chiqariladi. Mahalliy ehtiyoj uchun toshkoʻmir va temir rudasi, qalay, kumush, volfram va boshqalar qazib olinadi. Energetikasi Zambezi daryosidagi Kariba GESdan va sanoat mintaqalaridagi issiklik elektr styalaridan iborat. Yiliga oʻrtacha 7,6 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalari Xarare va Bulavayo shlarida joylashgan. Kadomada toʻqimachilik, Kvekveda qora metallurgiya korxonalari, Gveru, Kvekveda ferroxrom ishlab chiqarish, KamativiDeteda qalay eritish va tozalash, Alyaskada mis zavodlari bor. Ferukdagi neft mahsulotlari zavodi Yaqin Sharqdan keltirilgan xom neftni qayta ishlaydi. ShervudBlokdagi yirik kombinat ammiak va nitratammoniy zavodlarini oʻz ichiga oladi. Xarare, Senent va KollinBaukda sement zavodlari bor.
Qishloq xoʻjaligi Asosiy ekinlari: makkajoʻxori (ekinzorlarning 60–70%), paxta, tariq, oq joʻxori, yer yongʻoq, sholi. Shimoli-sharqiy, shimoli-gʻarbiy viloyatlarida, Markaziy hamda sharqiy Mashonalend va Masvingodagi tovar mahsulot ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklarda tamaki, Kadoma, Chinxoyi va Mxangura hududida paxta, shimoli-gʻarbdagi Chirundu hududida va mamlakat janubi-sharqida shakarqamish yetishtiriladi. Chorvachilikda, asosan, goʻshtbop qoramol boqiladi. Mamlakat janubiy va markazi eng muhim intensiv chorvachilik hududidir. Oʻrmonzorlarning asosiy qismi mamlakatning gʻarbida boʻlib, koʻp miqdorda yogʻoch tayyorlanadi.
Transporti Engmuhimtransport turi – temir yoʻl Uning uz. 12,8 ming km, avtomobil yoʻllari uzunligi 85,2 ming km. Neft quvurlari uz. 288 km. Xarareda xalqaro Kentukki aeroporti bor. Zimbabve chetga tamaki, oltin, ferroqotishma, paxta, asbest, nikel, mis rudalari, kandshakar, mol goʻshti va boshqalar sotadi. Chetdan mashinalar, transport uskunalari, kimyo sanoati mahsulotlari, xom ashyo va yoqilgʻi sotib oladi. Tashqi savdodagi asosiy mijozlari: JAR, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Italiya, Yaponiya va Afrikadagi qoʻshni mamlakatlar. Pul birligi – Zimbabve dollari.
Sogʻliqni saqlash Zimbabveda davlatga qarashli va xususiy davolash muassasalari mavjud. Mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin goʻdaklarning nobud boʻlishini, yuqumli kasalliklarni kamaytirish, xalq sihatsalomatligini yaxshilash choratadbirlari kurila boshladi. Shifokor va hamshiralar Xarare universiteti kolleji huzuridagi tibbiyot maktabida tayyorlanadi.
Maorifi, madaniymaʼrifiy va ilmiy muassasalari Mustaqillik arafasida aholining 75% savodsiz edi. 1981-yildan majburiy boshlangʻich taʼlim joriy qilindi. Katta yoshdagi aholi oʻrtasida savodsizlikni tugatish harakati kuchaytiriddi. 80yillarda quyidagi maorif tizimi qaror topdi: 5–6 yoshli bolalar uchun maktabgacha sinflar; 7 yoshdan 7 yillik boshlangʻich maktab; 6 yillik oʻrta maktab.
Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida hunar bilim yurtlarida amalga oshiriladi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari pedagogika bilim yurtlari va kollejlarda tayyorlanadi. Xarareda oʻrta maktablar uchun oʻqituvchilar tayyorlaidigan yangi pedagogika kolleji ochilgan. Xararedgi Zimbabve universitetining 9 fakultetida 3 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi, 564 oʻqituvchi dars beradi. Unt xuzurida intlar, shu jumladan Pedagogika instituti, bir necha kollej bor.
Yirik kutubxonalari: Xararedagi Zimbabve universitetining kutubxonasi, Parlament kutubxonasi, qirolicha Viktoriyaning memorial kutubxonasi, Bulavayoda Zimbabve Milliy kutubxonasi, Ommaviy kutubxona va boshqalar Muzeylari: Xarare va Bulavayodagi Zimbabve Milliy muzeylari, Xararedagi Zimbabve Milliy galereyasi, Gverudagi tarix muzeyi, Mugaredagi arxeologiya, tarix, etn. muzeylari.
Xarareda qishloq xoʻjaligi sohasidagi tadqiqotlar kengashi (uning tarkibida 7 institut va 8 tadqiqot hamda tajriba styasi), shuningdek, Gerbariy va botanika bogʻi, Veterinariya ilmiy tadqiqot laboratoriyasi, Urmontexnika tadqiqot markazi, Obhavoni oʻrganish xizmati, Geologiya xizmati, Zimbabve ilmiy kengashi, Tamakishunoslik tadqiqot markazi, Paxtachilik tadqiqot markazi, bir kancha ilmiy jamiyat va uyushmalar bor.
Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi