Magʻjan Jumabaev tumani — Shimoliy Qozogʻiston viloyatining shimoli-sharqida joylashgan. Tuman maydoni 7,81 ming km². 2010-yili 1-yanvarda tuman aholisi 41,8 ming kishini tashkil qildi. Tuman aholisining zichligi 5,4 kishi/km². Tuman markazi Bulayev shahri 1893-yili tashkil topgan, 1969-yili shahar maqomini oldi. Bulayevdan viloyat markazigacha oraliq masofa 106 kilometr. Shimoli-sharqiy tomonidan Rossiyaning Omsk va Tumen viloyatlari bilan, gʻarbidan - Oqqayin va Qiziljar, janubidan - Tayinsha va Aqjar tumanilari bilan chegaradosh.

Tarixi Tuman 1928-yilda tashkil topdi. 1997-yili Vozvishen tumani bilan qoʻshib yuborildi. 2000-yil Bulayev tumani Magʻjan Jumabaev nomi bilan qayta nomlandi.

Aholisi Tuman aholisi 2010-yili 1-yanvarda 41 789 kishini tashkil qildi.

Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil): ruslar — 22 737 kishi (54,41 %) qozoqlar — 12 441 kishi (24,49 %) olmonlar — 2 292 kishi (5,48 %) ukrainlar — 2 152 kishi (5,15 %) tatarlar — 569 kishi (1,36 %) beloruslar — 430 kishi (1,03 %) ozarbayjonlar — 221 kishi (0,53 %) polyaklar — 215 kishi (0,51 %) chechenlar — 138 kishi (0,33 %) chuvashlar — 91 kishi (0,22 %) litvalar — 69 kishi (0,17 %) boshqirdlar — 51 kishi (0,12 %) boshqalar — 383 kishi (0,92 %) Umumiy — 41 789 kishi (100,00 %)

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari