Halab ( Ḥalab, , , ) — Suriyaning eng katta shahri,UN Data, Syrian Arab republic Halab muhofazasining markazi. Aholisi 2,301,570 kishi (2005) boʻlgan Halab Levantning eng katta shaharlaridan biridir.Expatify.com Navigating the Major Cities of Syria Halab koʻp asrlar davomida Buyuk Suriyaning eng yirik shaharlaridan biri va Usmonli imperiyasida Konstantinopol va Qohiradan keyin uchinchi katta shahar boʻlganEncyclopedia of the Ottoman EmpireRussell, Alexander (1794), The natural history of Aleppo, 2nd Edition, Vol. I, pp. 1-2Gaskin, James J. (1846), Geography and sacred history of Syria, pp. 33-34.
Halab dunyodagi eng qadimiy shaharlardan biridir; ayrim manbalarga qaraganda unga eramizdan avvalgi 6-ming yillikda asos solinganColumbia Encyclopedia, Sixth Edition (2010). Halab janubidagi qazilmalar unda eramizdan avvalgi 3-ming yillikda odamlar gavjum yashaganini koʻrsatadiThe Oxford encyclopedia of archaeology in the Near East (1997). Halab shuningdek Mesopotamiyadan qolgan mix yozuvlarda tijoriy va harbiy rivojlangan shahar deya eslatiladiBritannica Concise Encyclopedia (2010). Uning bu qadar uzoq tarixi ehtimol shahar Oʻrta Yer dengizi va Mesopotamiya orasidagi strategik savdo yoʻlida joylashgani tufaylidir.
Halabning tarixiy ahamiyati uning Oʻrta Osiyo va Mesopotamiyadan oʻtgan Buyuk ipak yoʻlida joylashganidadir. 1869-yili Suez kanali ishga tushirilgach, savdo yoʻli dengizga koʻchib, Halab taraqqiyoti asta-sekin pasaya boshladi. Birinchi jahon urushidan keyin, Usmonli imperiyasi tanazzuli paytida Halabning shimoliy qismi Mosulgacha temir yoʻl bilan birga zamonaviy Turkiyaga ajratildi. 1940-yillarda u Antokiya va Iskandarun shaharchalarini yana Turkiyaga berib, dengizga chiqish yoʻlini yoʻqotdi. Suriyaning keyingi muhosarasi shahar ahvolini yanada ogʻirlashtirdi. Biroq bu uning qadimiy meʼmorchiligi va anʼanalarini saqlab qolishga yordam bergan boʻlishi ham mumkin. Zamonaviy Halabda turizm rivoj topmoqda, qurilish ishlari ham jadallashgan. 2006-yili u „Islomiy madaniyat poytaxti“ unvoniga sazovor boʻldi.
Etimologiyasi Halabning qadimgi nomi Xalpe yoki Xalibon boʻlgan, yunonlar bilan rimliklar esa uni Vériya (Βέροια) deb nomlagan. Krest harbiy yurishlari, keyingi fransuz hukmdori vaqtida Halab shahrini italyan tilida Aleppo deb atagan. Aleppo soʻzining qanday maʼnoda aytilgani toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. Ayrim olimlarning fikricha „Halab“ soʻzi „temir“ yoki „mis“ degan maʼnoni anglatadi, shaharda esa shu metallarni ishlab chiqarish qadimdan rivojlangan, shahar nomi shunga bogʻliq qoʻyilgan degan fikrlarni oʻrtaga tashlamoqda. Boshqalari esa „Xalaba“ soʻzi aramey tilida „oq“ degan maʼnoni bildiradi, bu davlat oq rangli marmarlarning koʻpligi bilan olamga mashhur boʻlgan, shahar nomi shunga bogʻliq boʻlsa kerak degan fikrlarni aytmoqdalar. Yana bir taxminan fikr Halab soʻzining etimologiyasiga etaklaydi. Halab soʻzi „yangi sogʻilgan sut“ degan maʼnoni anglatadi. Qadimgi zamonda Ibrohim paygʻambar yoʻlovchilarga sut berar ekanTravels of Rabbi Pesachia of Regensburg. teachittome.com (p. 53).. Odamlar „Halab Ibrohim“, yaʼni „Ibrohim (Avraam) sigir sogʻdimi?“ deb soʻraydigan boʻlibdi. Uning sigirining rangi esa sargʻich-oqchil (arab. shaheb) boʻlgan, shu sababli shahar „Xaleb ash-Shaxba“ deb atalganMichael Dumper,Bruce E. Stanley: Cities of the Middle East and North Africa: a historical encyclopedia.
Tarixi Halab — jahondagi eng qadimgi shaharlarning biri boʻlib hisoblanadi, shaharning poydevori mil.av. VI ming yillikda qalana boshlagan"Columbia Encyclopedia 2010". Shaharning janubida joylashgan Tall as-Savdo va Tall al-Ansari qirliklaridagi tarixiy qazma ishlari mil.av. 3 ming yillikning yarmida insoniyatning shu atrofda istiqomat qilganini koʻrsatadi"Near East 1997". Xett, Mari va Yevfrat yozmalarida, markaziy Anatoliya, Ebla shahrida topilgan qazma yodgorliklarda Halabning katta savdo markazi boʻlganligi va unda harbiy mashgʻulotning yaxshi rivojlanganligi yozilgan."Britannica Concise Encyclopedia 2010"
Bronza davri Tarixiy yozmalarda Halabning Damashq shahridan avval paydo boʻlib, ilk bor mil.av. 3 asrda Ebla qirolligining poytaxti boʻlganligi aytiladi. Shahar Eblada Armi va Arman degan nom bilan mashhur boʻlgan. Akkad qirolligida shaharni Arman deb nomlagan. Akkadning qiroli Naram-Sin (yoki uning otasi) qadimgi Ebla va Armanni mil.av. XXIII asrda ishgʻol qilgan.Pettinato, Giovanni (Johns Hopkins University Press, 1991) Ebla, a new look at history p.135Hawkins, John David (2000) Inscriptions of the iron age p.388
Keyin vavilon zamonida Aleppo Halab (Xalba) degan nom bilan ilk bor uchraydi. Shahar Amorei qirolligining yoki Yamxadning markazi boʻlgan. Yamxad qirolligi (arab. يمحاض) (Mil.av. 1800—1600-y.y.) shuningdek „Halab eri“ degan nom bilan ham mashhur boʻlgan.Kuhrt, Amélie (1998) The ancient Near East p.100
Yamxadni xettamlik Mursili I mil.av. XVI asrda xonavayron qildi. Keyinchalik, Halab qayta chiroy ochib, Suriya tarixida oʻz oʻrniga munosib shahar boʻldi.
Temir davri Xett qirolligi mil.av. XII asrda tashkil topgan vaqtda Halab aramiylik Arpad Siro-xettik qirolligining tarkibida, keyinchalik Aramiy Siro-xettik qirolligining Xatarikka-Luxutining pytaxti boʻldi. IX asrda Halab Yangiassuriyaning, keyinchalik Axmeniytar imperiyasining tarkibida boʻldi.
Antik zamon Aleksandr Makedonskiy shaharni mil.av. 333-yili bosib oldi. Selevk Nikator bunda yunon qishloqlarini tashkil qilib (taxminan mil.av. 301—286-yildar) uni Makedoniya imperiyasidagi Veriya shahrining hurmatiga — Veriya deb nom beradi. Veriyaga Selevkiylar taxminan 300-yil hukmdorlik qildi.
Rim imperiyasi 3 asrlarda Suriyaning shimolida hukmdorlik qildi. Rimliklarning davrida suriyaliklar koʻpaydi. Shuningdek V asrda Vizantiya imperiyasi davrida ham Suriya aholisi anchaga koʻpaydi. Antik zamonda Veriya aholisi boʻyicha Antokiyadan keyingi ikkinchi shahar, Suriyaning poytaxti; Rim imperiyasida aholisi boʻyicha uchinchi shahar boʻldi. Arxeologik qazilmalar Antokiya va Veriyaning orasida milodiy VI asrda aholining zich boʻlganini yoʻqqa chiqarmaydi. Bu joyda hozirgi kunda qazilma ishlari yurmoqda. Qazilma ishlarining natijasiga koʻra uylar, cherkovlar topilyapti. Masalan: avliyo Simeon cherkovi. Avliyo Maron shu yerda tavallud topgan va qabri Halabning gʻarbida Bredda joylashgan degan taxminlar keltiradi."Phenix, Robert R. 2008"
Oʻrta asr thumb|220px|left|al-Zirb bozori, mamlyuk davri thumb|220px|right|Halabning eski devorlari va 1256-yili An-Nasir Yusufning mehnati bilan qurilgan Bab Kinnasrin darvozasi thumb|right|Amfiteatr Sosoniylar imperiyasi Suriyaga VII asrda kirib keldi. Keyin Halabni 637-yili Holid ibn Volidning boshchiligidagi arablar bosib oldi. 944-yili hokimi Sayfud Daula boʻlgan Xamdaniylar amirligining rezidensiyasi boʻldi. Shahar rivojlanib, boʻlajak Mutanabbi Al-Mutanabbi, Al Farobiy v.h faylasuflarning maktabiga aylandi. 962-yili shaharga Vizantiyaliklar harbiy yurishlar qilib, 974-987-yillar orasida Vizantiya imperiyasining tarkibiga qoʻshildi. Halab ikki marta 1098 va 1124-yillari Krest harbiy yurishi vaqtida qamalda boʻldi, ammo magʻlibiyatga uchramadi. 1138-yili 9-avgustda er kuchli er qimirlashi roʻy berib, shahar qiyrab qoldi. Tarixiy manbalar boʻyicha 230 000 kishi vafot etdi. Halab Saloxiddinning, keyinchalik 1183-yili Ayubiylarning qoʻl ostida boʻldi.
1260-yili 24-yanvarda Halabni Xulaguning moʻgʻul askasi va unga tobe Antokiya knyazi Boemund VI-ning frank risarlari va uning qayin otasi Armaniston hukmdori Xetum 1 bilan birlashib bosib oldi."Histoire des Croisades", René Grousset, p. 581, ISBN 226202569X. Shahar devori 6 kunlik jangdan soʻng, sitadel 4 kundan keyin berildi. Koʻplab musulmonlar halok boʻldi. Turonshoxni oʻltirmadi, shahar esa avvalgi hukmdori Xomsning qoʻliga oʻtdi. Shaharda moʻgʻul garnizoni joylashtirildi. Halabdan soʻng moʻgʻullar Damashqqa harbiy yurishini boshladi. Damashqni 1260-yili 1-martda batamom bosib oldi. 1260-yili sentabrda mamlyuklar Akkalik franklar bilan ittifoq tuzib, moʻgʻullar bilan jang qilishini tasdiqladi. 3-sentabr 1260-yili Mamlyuklar moʻgʻullardan ustidan sharafli zafar quchib, moʻgʻul qoʻmondoni Kitbukani oʻltirdi, 5 kunda Damashqni qaytarib oldi. Musulmonlar 1 oy ichida Halabni qoʻlga kiritib, u shaharda oʻz odamlarini gubernator etib tayinladi. Moʻgʻullar Kitbuka uchun qasos olish maqsadida koʻplab musulmonlarni qirib tashladi. Biroq qayta jang qilib enga olmasligiga koʻzi etganidan soʻng, orqaga chekinishga majbur boʻladi.Runciman, p. 314.
1271-yili moʻgʻullar shaharni himoyalab turgan turkman lashkarlarini magʻlubiyatga uchratib, shaharni qaytadan qoʻlga oladi. Mamlyuk garnizoni Xama shahriga qochadi. Oradan koʻp vaqt Beybars sulton boshchiligidagi askarlar shaharni moʻgʻullardan xalos qiladi.Runciman, pp. 336—337.1280-yili 20-oktyabrda moʻgʻullar shaharga yana yurish qilgani bilan, bu paytda mamlyuklarning hukmdori al-Mansur Qalaun askarlari bilan kelib moʻgʻullarni Evfrat daryosi orqali shahardan quvib chiqadi.
1400-yili shahar sohibqiron, adolatli hukmdor Amir Temurning qoʻl ostiga oʻtadi.Runciman, p. 463. Amir Temur davrida shahar yanada chiroy ochib, shaharda koʻplab minoralar, madrasalar barpo etiladi.Battle of [email protected].
Hozirgi zamon left|220px|thumb|Halab kodeksining varaqasi 220px|thumb|left|Yahudiy ayol va badaviylar Halabda, 1873-yil 19 asrda yahudiylar ikkita qirgʻinga duchor boʻldi. 1947-yili Isroil davlatining tashkil topishi bilan Halab shahrida katta qirgʻin roʻy berdi va nihoyat yahudiylar ommaviy ravishda Isroilga koʻcha boshladi.
1947-yilgi Halab qirgʻini 1947-yilgi Halab qirgʻini — Yahudiylarga atab uyushtirilgan qirgʻin. Halab (Aleppo), Suriya dekabr 1947-yili BMT-ning Falastin erini yahudiylar uchun boʻlib, Isroilni davlat deb tan olishining natijasida boʻlgan qirgʻin.
Halab qirgʻinining qisqacha tarixi 19 asrda Halab 1853 va 1875-yillari ikkita katta qirgʻinning guvohi boʻldi. BMT 1947-yilgi 29-noyabrda Falastinni boʻlish toʻgʻrisidagi farmonidan keyin, Halabning arablari shaharning yahudiylariga qarshi qingʻinni boshladi, shu vaqtda ularning soni 10 000 kishi edi.
Qancha kishi halok boʻlganligi toʻgʻrisida aniq maʼlumot yoʻq. 8 va 75 sonlari orasida kishi halok boʻldi, yuzdan ziyod kishi jarohat oldi degan maʼlumot bor.Daniel Pipes, Greater Syria: The History of an Ambition, (New York: Oxford University Press, 1990) p. 57, records 75 victims of the Aleppo massacre. 10 Sinagoga, 5 maktab, yoshlar klubi, 150 ga yaqin yahudiylarning uyi va doʻkonlari xonavayron qilindi Shu vaqtning pul qiymati boʻyicha hisoblaganda voqeaning zarari 2,5 million dollarni tashkil qilgan. Qirgʻin vaqtida Halab kodeksining koʻplab varaqalar yoʻq qilindi. Va nihoyat yahudiylar Isroilga tomon qichishdi. Shu yillari yahudiylar kvartalidagi yahudiylar soni 2 barovarga kamayib ketdi.
Geografiyasi right|thumb|Halab qayragʻochi Halab Oʻrta er dengizidan 120 km masofada, dengiz sathidan 380 m balandlikda, Suriya-Turkiya chegarasining sharqiy tarafida 45 km-da joylashgan. Shaharda asosan shimoliy va gʻarbiy tarafida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Halabning sharqiy tarafida Suriya choʻli joylashgan. Yangi shahar eski shahardan birnecha km masofada Kuayka daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan; shaharning eski qismi daryoning soʻng tarafida joylashgan. Eski shahar radiusi 10 kilometrga teng atrofida 8 ta katta qirlik mavjud, markazida katta qirlik boʻlgan. Shu qirlikning ustiga mil.av. 2 asrda qamal barpo etilgan. Atalgan qirliklarning nomlari: Tal as-Savdo, Tal Aysha, Tal as-S"tt, Tall al-Yasmin, Tal al-Ansari (Yarukiyyya), An at-Tal, al-Jallum va Baxsita. Shaharning eski qismi mustahkam darvozadan iborat eski devorlardan bilan oʻralgan.
Hududi 190 km² Halab Yaqin Sharqdagi jadal rivojlanib borayotgan shaharlarning biri hisoblanadi. 2001-yili Halabning hududini 2015-yilgacha 420 km² ga kengaytirish rejasi ishlab chiqildi."Syria News statement by Syrian Minister of Local Administration, Syria (Arabic, August 2009) ,"Aleppo plan"
Halab qayragʻochi Halab qaragʻayi () — qiltanoqti daraxt;