Simon & Garfunkel () ikki amerikalik qoʻshiqchi — Paul Simon va Art Garfunkeldan iborat musiqa dueti boʻlgan. Ular 1957-yili Tom & Jerry guruhini tuzib, „Hey, Schoolgirl“ qoʻshigʻi orqali kichik shuhratga erishishgan. Keyin guruh nomini Simon & Garfunkel qilib oʻzgartirib, 1965-yili „The Sound of Silence“ ashulasini yozishadi va Amerika boʻylab mashhur boʻlib ketishadi. 1967-yilgi The Graduate filmida ularning musiqasi qoʻllanilgach, guruh dovrugʻi yanada kengayadi.
Simon & Garfunkel vokal garmoniyasi tufayli 1960-yillarning eng mashhur artistlaridan boʻlishgan. Ularning „The Sound of Silence“ (1964), „I Am a Rock“ (1965), „Homeward Bound“ (1965), „Scarborough Fair/Canticle“ (1966), „A Hazy Shade of Winter“ (1966), „Mrs. Robinson“ (1968), „Bridge over Troubled Water“ (1969), „The Boxer“ (1969) va „Cecilia“ (1969) hit ashulalari koʻplab chartlar tepasiga koʻtarilgan. Ular bir necha Grammy mukofoti qozonib, 1990-yilda Rock’nʼRoll Shuhrat Zaliga kirishgan.
Biroq Simon va Garfunkel orasida tez-tez nizo boʻlib turgani uchun guruh ora-sirada faoliyatini toʻxtatib yurgan. Hozir ular alohida ijod qilishadi.
Diskografiyasi Wednesday Morning, 3 A.M. Sounds of Silence Parsley, Sage, Rosemary and Thyme Bookends Bridge over Troubled Water
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar