Kuba (ispancha: Cuba), Kuba Respublikasi (ispancha: República de Cuba) – Vest-Indiyadagi davlat. Kuba orol va Katta Antil orollari guruhiga kiruvchi 1600 dan ortiq mayda orolda joylashgan (Yuventud orollarida va Katta Antil orollari guruhi (Sabana arxipelaglari, Los Kanarreos, Los Kolorados, Kamaguey, Jardines de la Reina; San-Felipe orollari va boshqalar) joylashgan. Sharqda Atlantika okeani, janubda Karib dengizi bilan yuviladi. Shimoliy Amerikadan gʻarbda Yukatan boʻgʻozi va shimolda Florida boʻgʻozi bilan ajratilgan. Kuba 10 millionga yaqin aholisi boʻlgan Karib dengizidagi Gaiti va Dominikan Respublikasidan keyin uchinchi oʻrinda turadi. Maydoni boʻyicha Karib dengizidagi eng katta davlatdir. Maydoni – 110 860 km². Aholisi – 10 958 142 kishi (2025). Poytaxti – Ganava shahri Maʼmuriy jihatdan 14 viloyat (provincia)ra, viloyatlar munitsipiyalarga boʻlingan.
Hozirgi Kuba hududi miloddan avvalgi 4-ming yillikda yashagan, Guanaxatabey va XV asrda Ispaniya mustamlakasi davrida Taíno xalqlari yashagan. 1886-yilda qullikni bekor qilish orqali u Ispaniyaning mustamlakasi edi, 1898 -yilgi Ispaniya-Amerika urushigacha , Kuba Qoʻshma Shtatlar tomonidan bosib olindi va 1902-yilda mustaqillikka erishdi. 1940-yilda Kuba yangi konstitutsiyani joriy qildi, ammo kuchayib bormoqda. Siyosiy tartibsizliklar 1952 yil Kuba davlat toʻntarishi bilan yakunlandi Fulgensio Batistaning keyingi diktaturasi . Batista hukumati 1959-yil yanvar oyida Kuba inqilobi paytida 26-iyul harakati tomonidan agʻdarildi. Oʻsha inqilob Fidel Kastro boshchiligida kommunistik boshqaruvni oʻrnatdi. Mamlakat Sovet Ittifoqi va Qoʻshma Shtatlar oʻrtasidagi Sovuq urush davrida tortishuv nuqtasi boʻlgan va 1962 yildagi Kuba raketa inqirozi Sovuq urushning yadro urushiga aylanishiga eng yaqin kelgan deb hisoblanadi . 1970-yillarda Fidel Kastro Afrikadagi marksistik hukumatlarni qoʻllab-quvvatlash uchun oʻn minglab qoʻshinlarni yubordi. Markaziy razvedka boshqarmasining maxfiylashtirilgan hisobotiga koʻra , Kuba 1984 yilga kelib Sovet yordami sifatida 33 milliard dollar olgan. Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Kuba 1990-yillarda „ Maxsus davr“ deb nomlanuvchi jiddiy iqtisodiy tanazzulga duch keldi. 2008 yilda Fidel Kastro 49 yildan keyin nafaqaga chiqdi; Raul Kastro uning vorisi etib saylandi. Raul Kastro 2018 yilda prezidentlik lavozimini tark etdi va Migel Dias-Kanel parlament saylovlari natijasida Milliy assambleya tomonidan prezident etib saylandi. Raul Kastro 2021 yilda Kommunistik partiyaning birinchi kotibi lavozimidan nafaqaga chiqdi va Dias-Kanel saylandi.
Kuba sotsialistik davlat boʻlib, unda Kommunistik partiyaning roli Konstitutsiyada mustahkamlangan . Kubada siyosiy muxolifatga ruxsat berilmagan avtoritar hukumat mavjud. Senzura keng tarqalgan va mustaqil jurnalistika qatagʻon qilingan; Chegara bilmas muxbirlar Kubani matbuot erkinligi boʻyicha eng yomon davlatlardan biri deb taʼriflaydi. Madaniy jihatdan Kuba Lotin Amerikasining bir qismi hisoblanadi. Kuba Birlashgan Millatlar Tashkiloti, G77 , Qoʻshilmaslik harakati , Afrika, Karib havzasi va Tinch okeani davlatlari tashkiloti , ALBA va Amerika Davlatlari Tashkilotining asoschisi hisoblanadi . U dunyodagi bir necha rejalashtirilgan iqtisodlardan biriga ega va uning iqtisodiyotida turizm va malakali ishchi kuchi, shakar, tamaki va qahva eksporti ustunlik qiladi. Kuba tarixan – kommunistik boshqaruvdan oldin va davrida – savodxonlik, goʻdaklar oʻlimi va umr koʻrish davomiyligi kabi bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar boʻyicha mintaqadagi boshqa mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq natija koʻrsatgan . Kubada barcha Kuba fuqarolariga bepul tibbiy yordam koʻrsatadigan universal sogʻliqni saqlash tizimi mavjud, biroq muammolar orasida shifokorlar uchun past maosh, yomon sharoit, jihozlar bilan taʼminlanmaganlik va muhim dori-darmonlarning tez-tez yoʻqligi kiradi. Kuba Inson huquqlari observatoriyasi (OCDH) tomonidan 2023 yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, aholining 88 foizi oʻta qashshoqlikda yashaydi. Anʼanaviy parhez mikroelementlar etishmasligi va xilma-xillik yoʻqligi sababli xalqaro tashvishga solmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon oziq-ovqat dasturi (WFP) tomonidan taʼkidlanganidek, ratsionli oziq-ovqat koʻplab kubaliklar uchun kunlik ozuqaviy ehtiyojning faqat bir qismini qondiradi, bu esa sogʻliq muammolariga olib keladi.
Davlat tuzumi Kuba – sotsialistik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1976-yil umumxalq referendumida maʼqullangan, unga 1992-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat hokimiyatining oliy organi va qonun chiqaruvchi organ – Xalq hokimiyati milliy assambleyasi; uning deputatlari orasidan Davlat kengashi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va 5 oʻrinbosari, kotibi va 23 aʼzosi saylanadi. Davlat kengashining raisi (Raul Kastro) davlat va hukumat boshligʻi hisoblanadi, milliy mudofaa kengashiga boshchilik qiladi. Oliy ijroiya organi – Vazirlar kengashi (hukumat). Uning aʼzolari Xalq hokimiyati milliy assambleyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Tabiati Kuba hududi, asosan, tekislik Kuba Qir va togʻlar Kubaning 1/3 qismini egallagan. Kuba orolining markaziy qismida Guamuaya togʻi bor (balandligi 1156 m). Eng baland togʻlar mamlakatning janubi-sharqida joylashgan. Janubiy sohili boʻylab Syerra-Maestra togʻlari choʻzilgan (balandligi 1974 m li Turkino choʻqqisi Kubaning eng yuqori nuqtasi). Mis, marganets, asbest, tosh tuz, fosforit, neft, gaz, xromit konlari va boshqalar uchraydi, Xuventud (Pinos) orolida nikel, kobalt, temir, marganets, volfram rudalari, qurilish materiallari, jumladan, marmar va kaolin konlari bor.
Iqlimi – tropik, yil davomida havo harorati va nisbiy namlik yuqori darajada boʻladi, yomgʻirli mavsum – may – oktabr Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −22,5 °C, avgustniki +27,8 °C. Minimal temperatura 5° dan yuqori, maksimal temperatura +40 °C ga yetadi. Yillik yogʻin tekisliklarda 1000– 1200 mm, togʻlarda 2200 mm gacha. Qurgʻoqchilik mavsumi noyabrdan aprelgacha, asosan, Kubaning janubidagi tekisliklarida roʻy beradi, dahshatli dovul va tropik siklonlar boʻlib turadi. Daryolarining koʻpi qisqa, serostova va kam suv. Eng katta daryosi – Kauto (uzunligi 370 km) Syerra-Maestra togʻlaridan boshlanadi. Daryolari, asosan, yomgʻir suvidan toʻyinadi.
Kuba hududining 10% chasi oʻrmon. Togʻ etaqlarida va tekisliklardagi qizil, qizil-jigarrang nam tuproqli yerdarda keng bargli va doim yashil oʻsimliklar, jumladan, palma hamda kan daraxtlari, quruq va toshloq yerdarda qaragʻay oʻrmonlari, sananvalar, mayda bargli tikanli butalar, kaktus va aga-valar oʻsadi. Yer oʻzlashtirish davrida koʻproq tekisliklardagi daraxtlar kesilgan. Bunda baʼzi daraxtlar, jumladan, palmalar qoldirilgan. Shuning uchun Kubaning hozirgi tekislik landshafti tashqi koʻrinishdan palmazorlarga oʻxshab ketadi. Hayvonot dunyosida umurtqalilar kam, koʻpchilik hayvonlar endemiklardir. Koʻrshapalakning 23 turi bor. Qushlarning 300 dan ortiq turi maʼlum. Ularning koʻpi faqat qishlash uchun uchib keladi. Mahalliy turlari – kolibri, toʻtilar va mayda tasqaralar uchraydi. Kaltakesaklar, toshbaqa, timsoh, boʻgʻma ilonlar yashaydi. Hasharotlardan termit va kokuyolar uchraydi. Quruqlikda yashovchi krab va qisqichbaqalar bor. Qoʻriqxonalar: El-Kabo, Koʻpell va boshqalar; rezervatlar: Syevaga-de-Sapata, Syevagade-Lanyer.
Aholisining 98% dan koʻprogʻi kubaliqlar; xitoy, yapon va gaitiliklar ham yashaydi. Mahalliy aholi – indeyslarning avlodi ham uchraydi. Dindorlari xristian dinining katolik va protestant mazhabiga eʼtiqod qiladilar. Rasmiy tili – ispan tili. Aholining 72% shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Ganava, Santyago-de-Kuba, Kamaguey, Guantanamo, Olgin, Matansas, Sʼyenfuegos, Pivar-del-Rio, Bayamo, Santa-Klara va boshqalar hisoblanadi.
Kuba tarixi Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan ilgariroq ham Kubada indeys qabilalari yashagan. VII—IX asrlarda Kubaga Janubiy Amerikadan mayarlar, subtaino va tayno qabilalari koʻchib kelgan. Bu qabilalar ovchilik, baliq ovlash va dehqonchilik bilan shugʻullangan. XV asr oxirlarida orolda 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Orolga 1492-yil oktabrda Xristofor Kolumb ekspeditsiyasi yetib kelgan. Oʻsha vaqtda Kubada aranak indeys qabilalari yashardi. 1510-yil uni ispanlar bosib olib, aholini qirib tashlay boshladi. Indeyslar oʻz sardorlari – Atuey va Guam rahbarligida bosqinchilarga qarshi qattiq kurashdi. Ogʻir mehnat, ochlik va kasallik oqibatida 5 ming indeys tirik qoldi, xolos. Shuning uchun mustamlakachilar konlar va shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun Afrikadan negr-qullar keltirdilar.
Iqtisodiy va madaniy munosabatlar rivojlanishi natijasida (XVIII asr oxirlarida) Kuba xalqi shakllana boshladi. Ispaniya mustamlakalarining 1810—26 yillardagi mustaqillik uchun olib borgan urushi vaqtida Kuba yer egalarining ilgʻor qismi F. Arango-i-Parreno rahbarligida iqtisodiy va siyosiy oʻzgarishlar qilish uchun kurashdi. Natijada Ispaniya bir oz yon berishga (tamaki monopoliyasini bekor qilish, erkin savdoga ruxsat berish va boshqalar) majbur boʻldi va bu narsa Kubaning iqtisodiy yuksalishiga olib keldi. XIX asrning 20-yillaridan Kubada gazlar chiqa boshladi, yashirin jamiyatlar paydo boʻldi. Ular oʻz oldiga mustaqillik uchun kurashni maqsad qilib qoʻydi. 1844-yil negr-qullarni ozod qilish uchun harakat qatnashchilari qattiq jazolandilar.
XIX asrning 30-yillarida Kubada dastlabki tamaki va sigara fabrikalari paydo boʻldi. 60-y, lardan kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi.
1868-yil 10-oktabrda Oryente viloyatida Kuba M. de Sespedes rahbarligida Kuba vatanparvarlarining qoʻzgʻoloni boshlandi. Ular eʼlon qilgan manifest Kuba xalqining ispan mustamlakachilariga qarshi 10 yil lik milliy ozodlik kurashini boshlab berdi. Qoʻzgʻolonning maqsadiga toʻla-toʻkis erishilmagan boʻlsada, ammo 1886-yil quldorlik bekor qilindi. Ispan hukmronligiga qatʼiy zarba berishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Bu ishga X. Marti rahbarlik qildi. 1892-yil X. Marti AQSHda Kuba inqilobiy partiyasi (KIP)ni tuzdi. 1895-yil 24-fevralda Oryente viloyatida Kuba mustaqilligi uchun qurolli qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1895-yil sentabrda Kuba Respublikasining inqilobiy hukumati tuzildi. Yangi konstitutsiya ishlab chiqildi. 1897-yil noyabrda Ispaniya Kubaga muxtoriyat berdi, ammo kurash davom ettirilib, yilning oxirida Kubaning koʻp qismi ispanlardan ozod qilindi. 1898-yilaprelda AQSH Ispaniyaga qarshi urushga qoʻshilib, Ispaniyani tor-mor keltirdi va oʻsha yili Parij tinchlik bitimi tuzildi. Bitimga koʻra, Kuba rasman mustaqil deb eʼlon qilingan boʻlsa ham, haqiqatda 1898-yildan 1902-yilgacha AQSH tasarrufida boʻldi.
1903-yilgi adolatsiz shartnomaga binoan, AQSH Guantanamo harbiy-dengiz bazasini nomaʼlum muddatgacha ijaraga oldi.
1925-yil mayda davlat tepasiga kelgan X. Machado terrorchi diktatura oʻrnatdi. 1934-yil yanvarda hukumat F. Batista qo’liga oʻtdi, u harbiy-politsiya rejimini oʻrnatdi. 1935-yil martda umumiy ish tashlash boshlandi, bunda Batista rejimini bekor qilish, yangi demokratik konstitutsiya tuzish talab etildi. 1944—1948 yillarda R. Grau San-Martina hukumatga boshchilik qildi. Mavjud siyosatga qarshi norozilik mitinglari, ish tashlash va hokazo hukumatni demokratik tashkilotlarga yon berishga majbur etdi.
1952-yil 10-martdagi davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni yana F. Batista egalladi. Shu sharoitda F. Kastro Rus boshliq inqilobchi yoshlar guruhi Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash boshladi. 1953-yil 26-iyulda guruh Santyagode-Kubadagi Monkada kazarmasiga hujum qildi. Lekin bu hujum muvaffaqiyatsiz yakunlandi. F. Kastro va uning safdoshlari hibsga olinib, 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. 1955-yil keng jamoatchilik tazyiqi natijasida hukumat mahbuslarga afv eʼlon qildi. F. Kastro AQSH ga, soʻng Meksikaga ketdi va u yerda F. Batista hokimiyatiga qarshi qurolli kurash rejasini ishlab chiqdi. 1956-yil 2-dekabrda F. Kastro boshchiligidagi guruh „Granma“ yaxtasida Kubaga kelib tushdi. Shu paytdan mamlakatni F. Batista rejimidan ozod etish uchun kurash boshlandi.