Oklahoma City — AQSHning janubiy qismidagi shahar. Oklaxoma shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 506,1 ming kishi (2000), shahar atrofi bilan 1 mln. Transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Qishloq xoʻjaligi rayonining savdo-moliya markazi. Aviatsiya, avtomobilsozlik, radioelektronika (jumladan, EHM va aloqa vositalari ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Metallsozlik, neft sanoati uchun jihozlar, kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari, universitet bor. Canadian, Cleveland, Oklahoma va Pottawatomie okruglari tarkibiga kiradi.
Aholisi 591,967(US:30th) nafar aholi istiqomat qiladi (2011). Aholi zichligi – har kvadrat kilometrga 369 nafar kishi.
Geografiyasi Maydoni — 1608,8 km2. Shundan 1572 km2 quruqlik, 36,7 km2 esa suv maydonidir. Dengiz sathidan oʻrtacha 396 m balandlikda joylashgan.
Manbalar
Havolalar Rasmiy sayti
Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Oklahoma shaharlari