Qorakulcha tumani () — Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh viloyatidagi tuman. Tuman markazi — Qorakulcha qishlogʻi.

Tuman maydoni 5712 kv.km.

Tarixi 1936-yilda Sovet rayoni nomi bilan tashkil etilgan. 1962-yilda tuman tugatildi, 1964-yilda qayta tiklandi. 1992-yilda Qorakulcha tumani deb oʻzgartirildiКЫРГЫЗСТАНДЫН ГЕОГРАФИЯСЫ.

Geografiyasi Maydoni asosan togʻli, Qorakulcha va tar daryolarining havzasida joylashgan. Eng baland joyi 4900 m (Uchseyit massivida), eng past nuqtasi - 780 m. Tuman hududida Fargʻona togʻ tizmasining sharqiy tarmoqlari (Uchseyit, Tasiraqay va boshqalar), Akademik Adishev, Alayquv tizma togʻlari, Alayquv, Qorakulcha, Qulun, Qapchigʻay va Ajike vodiylari joylashgan. Tuman shimoli va shimoli-gʻarbdan Oʻzgan, sharqdan Norin viloyati, janubdan Otboshi, gʻarbdan Oloy tumani, janubda Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 5,7 ming km² (Oʻsh viloyati hududining 19,6%).

Aholisi Aholisi 83,6 ming kishi (2002).

Ovullari Tuman 12-ovul hukumatiga boʻlingan. Markazi Qorakulcha qishlogʻi. Alayquv ovul okrugi: Markazi - Koʻk-Art, Qon-Qoʻrgʻon, Soytola Qapchigʻoy ovul okrugi: Markazi - Sariq-Bee, Qora-Tosh, Terek-Suv, Nichke-Suv Kengash ovul okrugi: Markazi - Kengash, Poʻr Qaraguz ovul okrugi: Markazi - Yangi-Tola, Oltin-Kurak, Yetim-Tepa, Kalmatay, Qora-Yogʻoch, Nasirdin Qora-Qoʻchqor ovul okrugi: Markazi -Qora-Qoʻchqor, Oq-Qiya, Sariq-Buloq Qorakulcha ovul okrugi: Markazi -Qorakulcha, Biy-Mirza, Birinchi May, Sariq-Qamish Qizil-Jar ovul okrugi: Markazi -Qizil-Jar, Qayin-Tola, Koʻoʻ-Chati, Terak, Chachirqanaq, Kuyoʻtash Loy-Tola ovul okrugi: Markazi - Loy-Tola, Soy, Sharqiratma, Jilkoʻl, Sariq-Tosh Oʻy-Tol ovul okrugi: Markazi - Oʻy-Tol, Koʻnduk Sariq-Buloq ovul okrugi: Markazi - Sariq-Buloq, Qora-Buloq, Qoʻnoʻqbay-Tola, Qizil-Buloq, Sariq-Kungay, Tegerek-Soz, Toʻqqiz-Buloq Chalma ovul okrugi: Markazi - Toʻqboy-Tola, Buyga Qashqa-Jal ovul okrugi: Markazi - Yangi-Talab, Jiyda, Oktyabr, Toʻgʻoʻtoʻy, Intimoq

Manbalar