thumb|250px|right|Qora: qotil uyiQizil: otishmalar joyi Sandy Hook maktab otishmasi 2012-yil 14-dekabrida AQShning Connecticut shtatida, Newtown shahri yaqinidagi Sandy Hook () qishlogʻidagi boshlangʻich maktabda sodir boʻldi. Adam Lanza ismli shaxs 20 nafar maktab oʻquvchisi va 6 pedagogni va oʻzini oʻtochar quroldan otib oʻldirdi. Bungacha u uyda onasi Nancy Lanza'ni otib oʻldirgan edi. Bu hodisa AQSh tarixida 2007-yilgi Virginia Tech otishmasidan keyingi ikkinchi eng koʻp qurbonli maktab otishmasi boʻldi. Qurbonlar orasida Lanza'ning onasidan tashqari 6—-7 yoshgacha boʻlgan 12 nafar qiz va 8 nafar bola hamda taʼlim muassasasining 27 yoshdan 56 yoshgacha boʻlgan olti nafar xodimi bor.

Prezident Barack Obama ommaviy qotillik sabab butun AQSh hududida toʻrt kunlik motam eʼlon qildi. thumb|right|Barack Obama fojea yuzasidan soʻzlagan nutqi.

Manbalar

Havolalar Sandy Hook boshlangʻich maktabi rasmiy sayti „Sendi Xuk“dagi otishma natijasida 20 nafar bola halok boʻldi , kun.uz Koshmar pered Rojdestvom, Lenta.ru

Turkum:2012-yil voqealari Turkum:Maktab otishmalari