Shtutgart — Germaniyaning jan.gʻarbiy qismidagi shahar. BadenVyurtemberg yerining maʼmuriy markazi. Aholisi 581,2 ming kishi (1999). Transport yoʻllari chorrahasi. Nekkar daryosi boʻyidagi port. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning yirik sanoat, moliya, ilmiy va madaniyat markazi. Elektrotexnika, radioelektronika, avtomobil sanoati rivojlangan. Dvigatellar, stanoklar ishlab chiqarish, rangli metallurgiya, priborsozlik, kimyo, poligrafiya, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, oziqovqat sanoati korxonalari mavjud. Metropoliten qurilgan. Universitet, aviatsiya va kosmosga uchish sinov markazlari, galereyalar, muzey bor. Shahar ilk bor XII asrdagi qoʻlyozmalarda tilga olingan. XII—XVIII asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Shahar yaqinidagi mineral buloqlar atrofida kurortlar barpo qilingan.

Stuttgart Germaniyaning Baden-Württemberg yerida joylashgan aholi punktidir. Maydoni — 207,36 km2. 606 588 nafar aholi istiqomat qiladi (2010). Daimler Crysler, Porsche va boshqa koʻplab katta firmalar makoni.

Geografiyasi Hududi Stuttgartning hududi kmdir. Dengiz sathidan oʻrtacha m balandlikda joylashgan.

Demografiyasi

Mashhurlar Roland Emmerich Georg Wilhelm Friedrich Hegel Friedrich Schiller

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Germaniya shaharlari