Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991-yil 8-dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlgani qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston qoʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga Mustaqil davlatlar hamdostligining maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzolashdi. 19-dekabrda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof-muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birga faoliyat yuritishni nazarda tutadi. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi haqiqiy aʼzolari bilan birga Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliqlari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. Mustaqil davlatlar hamdostligi organlarining faoliyati Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi Nizomi bilan tartibga solinadi.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi sobiq SSSR hududida fuqarolik urushi kelib chiqishining oldini oldi, mamlakatlarni bosqichma bosqich xalqaro munosabatlar tizimiga kirib, mustaqilliklari, suverenitetini mustahkamlashga koʻmak berdi. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi oʻz faoliyati davomida haddan tashqari koʻp qarorlar qabul qildi-yu, lekin aksariyat hollarda ularning koʻpi bajarilmadi. Hozir Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga kiruvchi davlatlarning aholisi 283 mln. kishini tashkil etadi. Bu aholining 120,5 mln. iqtisodiyotda mashgʻuldir. Ularning 29,4 foizi sanoat va qurilishda, 21,5 foizi qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliqchilik sohasida ishlaydi.
Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda Mustaqil davlatlar hamdoʻstligida ishtirok etmoqda. U Mustaqil davlatlar hamdoʻstligiga davlatlar ustidan tuzilgan tashkilot sifatida emas, balki mustaqil davlatlarning harakatlarini muvofiqlashtiruvchi organ sifatida qaraydi. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi hududida davlatlarning teng huquqligi asosida yagona iqtisodiy makonni yaratish, tashkilotda umuman iqtisodiy munosabatlarning ustuvorligiga erishish, davlatlar oʻrtasida savdo, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun harakat qiladiSayfiddin Joʻrayev. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
thumb|right|Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining 20 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi
Aʼzolari
Bu tashkilotga 9 mustaqil davlat aʼzodir: DavlatImzoladi 21-dekabr 1991 21-dekabr 1991 8-dekabr 1991 21-dekabr 1991 21-dekabr 1991 21-dekabr 1991 8-dekabr 1991 21-dekabr 1991 21-dekabr 1991
Kuzatuvchi davlat:
Tashkilotni tark etgan davlatlar:
Shuningdek dunyoning boshqa mamlakatlari, jumladan: Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining baʼzi strukturalarida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda. 2008-yili Mustaqil davlatlar hamdos’tligi tarkibiga kirish xohishini bildirdi, Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining „Parlamentlararo Assambleya“sida kuzatuvchi vazifasini bajarib kelmoqda. Oʻzining Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi tarkibiga kirishini xohlayotgan qator tan olinmagan davlatlar, avtonom rayonlar va BMT aʼzolari bildirishgan. Ushbu davlatlar bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi kelishuvni amalga oshirmagan. Bular quydagilar: Abxaziya Ukrainadagi Qrim Togʻli Qorabogʻ Respublikasi Pridnestrov Moldova Respublikasi Rossiyadagi Checheniston Rossiyadagi Tatariston Xorvatiyadagi Serbskaya Kraina Respublikasi sobiq Yugoslaviya
Tarixi
1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya, Ukraina va Belarus rahbarlari Viskuli (Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilganligi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashdi. Shu bilan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (Mstaqil davlatlar hamdostligi) tashkil topdi. Mstaqil davlatlar hamdostligi ga asta-sekin 12 respublika aʼzo boʻLib kirdi. Boltiqboʻyi davlatlari bundan mustasno. Har bir respublikaga oʻz hududi va undagi tabiiy boyliklar, aholi, ishlab chiqarish korxonalari, aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari koʻrsatkichi nasib etdi.
1985—1988-yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon boʻla boshladi. Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan, keyinchalik respublikalarni xoʻjalik hisobiga oʻtkazish va, nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar. 1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomoni dan saylangan Baltika assambleyasi bu respublikalarning SSSR tarkibida boʻlishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligini bayon qildi.
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining barcha sammitlari: 12.1991-yil Almati 10.1992-yil Bishkek 04.1993-yil Minsk 10.1994-yil Moskva 05.1995-yil Minsk 05.1996-yil Moskva 01.1997-yil Moskva 04.1998-yil Moskva 04.1999-yil Moskva 06.2000-yil Moskva 10.2001-yil Moskva 10.2002-yil Kishinyov 09.2003-yil Yalta 09.2004-yil Astana 08.2005-yil Qozon 10.2006-yil Minsk 10.2007-yil Dushanbe 10.2008-yil Bishkek 10.2009-yil Kishinyov 05.2010-yil Moskva 09.2011-yil Dushanbe 05.2012-yil Tashkent 12.2012-yil Ashxobod 10.2013-yil Minsk 10.2014-yil Minsk 10.2015-yil Buraboy 09.2016-yil Bishkek 10.2017-yil Sochi 09.2018-yil Dushanbe 10.2019-yil Ashxobod 12.2020-yil Videoformat
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligining barcha aʼzolari (alfavit boʻyicha)
Manbalar
Adabiyotlar Oʻzbekistonda politologiya [2001-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida oʻtkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari], T., 2002; Neshatayeva T. N., Mejdunarodnie organizatsii i pravo. Novie tendensii v mejdunarodno-pravovom regulirovanii, M., 1999.
Havolalar Ispolnitelniy komitet Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv (rasmiy sayt) Sovet Generalnix prokurorov SNG (rasmiy sayt) Mejparlamenskaya assambleya SNG (rasmiy sayt) Sovet po jeleznodorojnomu transportu SNG (rasmiy sayt) Sovet po obrazovaniyu SNG (rasmiy sayt) Predstavitelstvo Rossiya Federatsiyasi pri SNG (rasmiy sayt) Yediniy reestr pravovix aktov i drugix dokumentov Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv.
Turkum:Xalqaro tashkilotlar Turkum:Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi