Vayoming – AQSH gʻarbidagi shtat. Maydoni 253,6 ming km. Aholisi 470 ming kishi. Maʼmuriy markazi – Shayenn shahar. Hududining katta qismi Qoyali togʻlarda joylashgan, shimoliy-sharqi esa Buyuk tekisliklarga tutashgan. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —3° dan —9°gacha, iyulniki 18—22°, yiliga 300–500 mm yogʻin yogʻadi. Tekisliklarda dasht va chala choʻl oʻsimliklari, togʻlarda igna bargli daraxtlar oʻsadi. Vayoming AQShning aholisi siyrak va iqtisodida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda turadigan shtatlaridan biri. Qishloq xoʻjaligida yaylov chorvachiligi asosiy oʻrin tutadi. Yaylov koʻp. Dehqonchilik chorvachilik bilan bogʻliq. Sharqiy rayonlarda bugʻdoy, sugʻoriladigan yerlarda qand lavlagi, suli va arpa ekiladi. Togʻli rayonlarda yogʻoch tayyorlanadi. Sanoatida neft, gazeta, koʻmir qazib chiqarish, elektr energiya hosil qilish yetakchi oʻrinda turadi. Uran, temir rudalari va qurilish materiallari qazib olinadi. Boshqa tarmoqlari mahalliy ahamiyatga ega. Vayomingni transkontinental temir yoʻl kesib oʻtganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Vayoming – Amerika Qoʻshma Shtatlardan biri. Poytaxti – Shayenn shahri. AQSh ittifogʻiga 10-iyul 1890-yilda kirgan, undan oldin – Wyoming Territory.
Manbalar
Turkum:AQSh: Tog`li shtatlari Turkum:AQSh shtatlari