Dilnoza Oqilbekovna Kubayeva (1986-yil 22-noyabrda tugʻilgan) — oʻzbek teatr va kino aktrisasi va qoʻshiqchisi. Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktrisasi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist. Kubayeva zamonaviy oʻzbek kinolarida rol oʻynab shuhrat qozondi . Kubayeva Kelgindi kelin, Telba Kechikkan hayot, Farzandim, Hijron va Koʻrgim keladi filmlarida oʻynagan rollari bilan koʻpchilikning eʼtiboriga tushdi. 2008-yildan 2010-yilgacha oilaviy muammolar sabab Kubayeva aktrisalikni toʻxtatdi. 2011-yil yana kinoga qaytdi.

Biografiyasi Dilnoza Kubayeva Oqilbekovna 1986-yil 22-noyabrda Toshkent shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. 1993-1996-yillarda u Toshkent shahar Yashnabod tumanidagi 255-oʻrta maktabning, 1996-2000-yillari Sirgʻali tumanidagi 3-oʻrta maktabning, 2000-2003-yillarda Alisher Navoiy Nomidagi Respublika „Nafis sanʼat“ lisseyining oʻquvchisi boʻlgan. 2003-2007-yillari Mannon Uygʻur nomidagi Toshkent davlat sanʼat institutining (dramatik teatr va kino aktyorligi sanʼati boʻlimi) talabasi. Bakalavr darajasi berilgan. 2007-yildan Oʻzbek milliy akademik drama teatrida aktyorlik vazifasida ishlab keladi. 2010-yil „Ozbekiston belgisi“ koʻkrak nishoni, shu yilning oʻzida „Eng ulugʻ, eng aziz“ Respublika koʻrik tanlovida 2-oʻrin bilan, 2012-yil „Shuhrat“ medali" va 2021-yil „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi“ kabi mukofotlar va estalik nishonlari bilan taqdirlandi. 2009-yili turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Farzandi — Ahmadaliyev Muhammadamin 2009-yil 28-martda Toshkent shahrida tugʻilgan. Dilnoza Kubayeva nufuzli davlat tadbirlarida, taqdirlash marosimlari, madaniy-maʼrifiy kechalar hamda taniqli xonandalarning konsert dasturlarida davrani olib boruvchi sifatida ham faol ishtirok etib keladi.

Faoliyati Teatrdagi debyut roli 2004-yilda sahna yuzini koʻrgan „Andishali kelinchak“ spektakli boʻlsa, kinodagi debyuti 2005-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan Taqdir charxpalagi filmidir.

Filmografiyasi

Filmlar Yil Film Rol Izoh 2005 Taqdir charxpalagi Laylo Kelgindi kuyov Rayhonning yoshligiEpizod 2006 Kelgindi kelin Charos 2007 Advokatlar Oydin Zumrad va Qimmat Qimmat Jazo Zilola 2008 Telba Robiya Sehrli uzuk Farangiz ovoz bergan Farangizga (Kaniza) Kichkina odamlar Zarifa Afyun girdobi 2010 Hijron Mahfuza Oʻgʻrigina kelin Sayyora Yuzma-yuz Feruza Kechikkan hayot Shahodat 2011 Er bermoq — jon bermoq Durdona Kelganda kelin 2: Anjancha muhabbat Goʻyo Farzandim Nasiba 2012 Baxt uyi Malika 2013 Farzandim 2 Nasiba Sensiz Malika 2014 Koʻrgim keladi Ziyoda Aliyeva 2016 Baron Izzatning ayoli Er bermoq — jon bermoq 2 Durdona Baron 2: Sogʻinch Izzatning ayoli Aldangan farishtalar Jurnalist qiz Isnod Jamila 2018 Vasiyat Fotima Merosxoʻr Ona 2019 Said bilan Saida Mayor ayol Yolgʻiz boʻri Zamira 2020 Oʻzbekcha ajrashish Mahalla raisi

Teleseriallar Yil Serial Rol 2005 Qadah Mohinur 2008 Kaminaning oilasi Bahora 2008 Muhabbatim-qismatim Malika 2010 Mehribonginam Tabassumxon2018OmonatMastura2020SevgiJamila

Kliplar Qoʻshiq Qoʻshiqchi „Yomgʻir“ Shohjahon Joʻrayev „Tut qoʻlimdan“ Yulduz Usmonova „Dilozor“ Gulsanam Mamazoitova „Sevgi“ Via Marokand „Farishtam“ Shuhrat Zokirov

Spektakllar + Yil Spektakl Rol 2005 Andishali kelin Kelin — Olmaxon 2006 Omonat dunyo Zulayho2007 Birqanotlilar Nilufar2008 Bevalar Dildora 2010 Sizsiz oʻtmas kunlarim Iroda 2010 Rustam Qumri 2010 Ogoh boʻling, odamlar Mavjuda 2011 Omon boʻlgin azizim Mehmon ayol2015 Oʻtkan kunlar Kumushbibi2014 Uyqusiz kecha Shoira 2013 Senga bir gap aytaman Jurnalist qiz 2015 Quyoshni sen uygʻotasan Shabnam 2016 Alisher Navoiy Guli 2016 Mirza Ulugʻbek Firuza 2017 Oʻjarlar Qorakoʻz 2017 Semurgʻ Semurgʻ2007Hasrat bogʻiKotiba2008UvaysiyPoshaxon2012Mehr-u muhabbatli sakkiz ayolSyuzon2018AbayHojar2018Keldi-yu kettiHumora2019Oʻn ikki oyOʻgay qiz2020Boborahim MashrabTamara

Manbalar

Havolalar

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik aktrisalar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar