Shavkat Miromonovich Mirziyoyev (24-iyul, 1957-yil, Zomin tumani, Jizzax viloyati, OʻzSSRda tugʻilgan) – Oʻzbekiston davlat va siyosat arbobi. Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti, 2016-yildan hozirgacha Qurolli kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni. Turli yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri (2003—2016) va Jizzax, Samarqand viloyatlari hokimi (1996—2003) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2024-yildan Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi raisi.

Hayoti Shavkat Mirziyoyev 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyati Zomin tumanida tavallud topgan.

Faoliyati Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta oʻqituvchi, dotsent, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimlarida ishladi. 1988-yilda „Paxta terish mashinalari sugʻorish agregatlarida ishlayotganda terim uskunalarining texnik barqarorligini taʼminlash“ mavzusida nomzodlik ishini himoya qilgan.

1990-yili Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, bir vaqtning oʻzida Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat koʻrsatdi.

1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

1996-2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi.

2001-2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.

1995-2003-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham faoliyat olib bordi.

2003-yilda Oʻzbekiston Bosh vaziri etib tasdiqlandiBiografiyaBiografiya va 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan ushbu lavozimga yana uch marta qayta tasdiqlandi.

2016-yil 2-sentabrda Prezident Islom Karimovning vafot etishi munosabati bilan Oliy Majlis Mirziyoyevni Birinchi Prezident dafn marosimini oʻtkazish boʻyicha komissiyaga rais etib tayinladi.thumb|Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin, 6-sentabr 2016-yil thumb|Mirziyoyev Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan.2016-yil 8-sentabrda Prezident vazifasini bajaruvchi, Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev mamlakat rahbari vazifasini vaqtincha bajarish mas’uliyatini oʻzidan soqit qilib, oʻrniga Mirziyoyevni tavsiya qildiYoʻldoshev.

2016-yil 19-oktabr kuni Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasining VIII sʼezdi boʻlib oʻtdi. Unda partiya siyosiy kengashi aʼzosi Sh. Mirziyoyev nomzodini Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash toʻgʻrisidagi qaror qabul qilindi.

2016-yil 4-dekabr kuni boʻlib oʻtgan Prezident saylovi yakunlari boʻyicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandiSaylov natijalari.

2016-yil 14-dekabrda rasman oʻz vazifasini bajarishga kirishdiShavkat Mirziyoyevning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari eʼlon qilindi.

2021-yil 24-oktabrda 2-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 6-noyabrda inauguratsiya marosimi boʻldi.

2023-yil 9-iyulda 3-muddatga Oʻzbekiston Prezidenti etib saylandi. 14-iyulda inauguratsiya marosimi boʻldi.

Prezidentligi

Mirziyoyevning prezident sifatidagi vakolati 2016-yil 14-dekabrda, oʻzidan oldingi prezident Islom Karimov vafotidan soʻng bosh vazir va prezident lavozimlariga tayinlanishi bilan boshlangan. Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, uning vakolati 2023-yilda qayta saylangani sababli 2030-yilgacha davom etadi.

Xorijiy davlatlarga tashriflari

thumb|AQSh Davlat kotibi Mike Pompeo bilan Davlat departamentida, 2018-yil 17-mayda. Quyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilganhttps://m.kun.uz/news/2018/04/22/savkat-mirzieevning-halkaro-tasriflari-sarisob-va-kejingi-davlatlar:

№DavlatTashrif sanasiSabab6705.08.2025BMTning „Dengizga chiqishi boʻlmagan rivojlanayotgan davlatlar“ konferensiyasi, ikki va uch tomonlama uchrashuvlar6602-04.07.2025Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti6526-27.06.2025ikki tomonlama hamkorlik 6424-25.06.2025ikki tomonlama hamkorlik 6321-22.05.2025ikki tomonlama hamkorlik https://www.president.uz/oz/lists/view/8145?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/oz/lists/view/8152?utm_source=chatgpt.com6219-20.05.2025ikki tomonlama hamkorlik https://president.uz/en/lists/view/8144?utm_source=chatgpt.com6117-18.05.2025"Markaziy Osiyo – Xitoy" ikkinchi sammiti https://president.uz/en/lists/view/8227?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/8227?utm_source=chatgpt.com608-10.05.2025Ikkinchi jahon urushidagi gʻalabaning 80 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun https://president.uz/en/lists/view/8116?utm_source=chatgpt.com5929.03.2025ikki tomonlama hamkorlik https://president.uz/en/lists/view/7991?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/7991?utm_source=chatgpt.com5831.03.2025ikki tomonlama hamkorlik 5711-13.03.2025ikki tomonlama hamkorlik5617-18.02.2025ikki tomonlama hamkorlikhttps://president.uz/en/lists/view/7875?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/7889?utm_source=chatgpt.com554-5.02.2025ikki tomonlama hamkorlik https://president.uz/en/lists/view/7848?utm_source=chatgpt.com https://president.uz/en/lists/view/7861?utm_source=chatgpt.com5413-16.01.2025 „Abu Dhabi Sustainability Week“ xalqaro sammit https://president.uz/en/lists/view/7809?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/7805?utm_source=chatgpt.com532-4.05.2023ikki tomonlama hamkorlikhttps://president.uz/en/lists/view/6239?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/6261?utm_source=chatgpt.com5226-27.01.2023ikki tomonlama hamkorlik https://president.uz/en/lists/view/5832?utm_source=chatgpt.comhttps://president.uz/en/lists/view/5832?utm_source=chatgpt.com5126-27.12.2022Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning rahbarlarining norasmiy sammitihttps://president.uz/uz/lists/view/57945021-22.11.2022ikki tomonlama hamkorlik493-4.10.2022ikki tomonlama hamkorlikhttps://president.uz/uz/lists/view/55824816-17.12.2021ikki tomonlama hamkorlik475-6.12.2021ikki tomonlama hamkorlikhttps://president.uz/uz/lists/view/48014627-28.11.2021Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining oʻn beshinchi sammitihttps://president.uz/uz/lists/view/47894516-18.11.2021oʻzaro hamkorlik4411-16.11.2021Turkiy davlatlar sammitihttps://president.uz/uz/lists/view/47594316-17.09.2021Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitihttps://president.uz/uz/lists/view/4616425-6.08.2021Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvihttps://president.uz/uz/lists/view/45284110.06.2021oʻzaro hamkorlikhttps://president.uz/uz/lists/view/44114029.04.2021oʻzaro hamkorlikhttps://president.uz/uz/lists/view/43163923-24.06.2020Gʻalabaning 75 yilligihttps://m.kun.uz/news/2020/06/22/shavkat-mirziyoyev-amaliy-tashrif-bilan-moskvada-boʻladi3819-22.02.2020oʻzaro hamkorlikhttps://m.kun.uz/news/2020/02/19/shavkat-mirziyoyev-turkiyaga-jonab-ketdi3716-18.12.2019oʻzaro hamkorlikhttps://m.kun.uz/news/2019/12/16/shavkat-mirziyoyevning-yaponiyaga-tashrifi-doirasida-50ga-yaqin-hujjat-imzolanadi3613-15.10.2019turkiyzabon davlat rahbarlari majlisi3510-11.10.2019Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat rahbarlari majlisi3431.07.2019oʻzaro hamkorlikhttps://m.kun.uz/news/2019/07/31/shavkat-mirziyoyev-minskka-yetib-bordi3314-16.06.2019Bishkekdagi ShHT sammiti (2019)3224-27.04.2019oʻzaro hamkorlik3124-26.03.2019oʻzaro hamkorlik3021-23.01.2019oʻzaro hamkorlik2918.01.2019Xalqaro investitsiya sammiti2806.12.2018oʻzaro hamkorlik2726-27.11.2018Shanxay hamkorlik tashkiloti majlisi269-10.10.2018oʻzaro hamkorlik2502.10.2018oʻzaro hamkorlik2427-28.09.2018MDH sammiti2303.09.2018Turkiyzabon davlatlar hamkorlik kengashi sammitihttps://m.kun.uz/news/2018/09/02/savkat-mirzieevning-kejingi-ikki-oj-icidagi-tigiz-ucrasuvlar-grafigi-malum-buldi2224-25.08.2018Orol dengizi masalasidagi xalqaro anjumanhttps://m.kun.uz/news/2018/08/24/savkat-mirzieev-turkmanistonga-zunab-ketdi215-6.07.2018oʻzaro hamkorlik2014.06.2018FIFA Jahon chempionati 2018 ochilish marosimiShavkat Mirziyoev Rossiyaga borishi rasman tasdiqlandi198-9.06.2018Sindaodagi ShHT sammiti (2018)1815-17.05.2018oʻzaro hamkorlikhttps://kun.uz/news/2018/05/10/savkat-mirzieevning-aksga-ilk-rasmij-tasrifi-anik-sanasi-malum-buldihttps://m.kun.uz/news/2018/05/14/prezidentning-aksga-tasrifi-doirasida-85-milliard-dollarlik-sartnomalar-imzolanisi-kutilmokda1715-16.03.2018oʻzaro hamkorlik169-10.03.2018oʻzaro hamkorlik1522-25.11.2017oʻzaro hamkorlik1425.10.2017oʻzaro hamkorlik139.10.2017MDH sammiti1219.09.2017BMT sammiti1117.9.2017 V Osiyo oʻyinlari marosimi109.9.2017 oʻzaro hamkorlik, Expo 201795.9.2017oʻzaro hamkorlik, chegara masalalari8 9.6.2017 oʻzaro hamkorlik, Ostonadagi ShHT sammiti (2017)7 22.05.2017Islom konferensiyasi tashkiloti sammiti6 19-20.05.2017oʻzaro hamkorlikhttps://www.president.uz/oz/lists/view/5125 13.05.2017oʻzaro hamkorlik4 28.04.2017oʻzaro hamkorlik3 05.04.2017oʻzaro hamkorlik2 23.03.2017oʻzaro hamkorlik1 06.03.2017oʻzaro hamkorlik Tashriflar soni Davlat Tashriflar2 10 8 8 3 4 6 2 2 3 1 2 3 2 2 2111111 2

Mukofotlari

Mehnat shuhrati ordeni (1998)PF-2072-son 27.08.1998. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining etti yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va iqtisodiy-ijtimoiy sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2007)Sh. Mirziyoyevni „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida Danaker ordeni (Qirgʻiziston, 2017) 1-darajali Doʻstiq ordeni (Qozogʻiston, 2018) Zarrintoj ordeni (Tojikiston, 2021) Aleksandr Nevskiy ordeni (Rossiya, 2022) AQSH-Oʻzbekiston savdo palatasining mukofoti (2017) Yevrosiyo oldidagi xizmatlari uchun mukofoti (2018). Osiyo jurnalistlar uyushmasining „Yil kishisi“ mukofoti (2018) Nagoya universiteti faxriy doktori (2019) Turk dunyosini tiklashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun mukofoti (2020)https://m.kun.uz/news/2020/01/05/shavkat-mirziyoyev-nufuzli-xalqaro-mukofot-bilan-taqdirlandi Turkiy dunyoning oliy ordeni (2023) Turkiya Respublikasi ordeni (2024) Oltin Qiron ordeni (Qozogʻiston, 2024) Faxriy legion ordeni (Fransiya, 2025) „Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun“ ordeni (Turkmaniston, 2025-yil 5-avgust) “An-Nahda” ordeni (Iordaniya, 26-avgust 2025)

Oilasi Otasi – Miromon Mirziyoyev, Zomin tumanidagi sil kasalliklari dispanseri bosh shifokori boʻlgan. 2000-yillar boshlarida vafot etgan.

Turmush oʻrtogʻi – Hoshimova Ziroatxon Mahmudovna, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini bitirgan, muhandis-iqtisodchi, ayni paytda uy bekasi.

Katta Qizi – Saida Shavkatovna Mirziyoyeva. Prezident yordamchisi. 2019-yil aprel oyida Oʻzbekiston Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining xorijda Oʻzbekiston imijini targʻib qilish boʻyicha PR-markaz faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat organlari matbuot xizmatlari bilan ishlash boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan. Saida Mirziyoyevaning turmush oʻrtogʻi Tursunov Oybek, Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari etib tayinlangan

Kichkina Qizi – Mirziyoyeva Shahnoza Shavkatovna, Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi. Mirziyoyeva Shahnozaning turmush oʻrtogʻi Umarov Otabek Muhammadaliyevich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati boshligʻining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti va Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidentihttps://m.kun.uz/news/2020/02/09/otabek-umarov-xalqaro-tashkilot-rahbariga-aylandi.

Asarlari Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutq / Sh. M. Mirziyoyev. – Toshkent : Oʻzbekiston, 2016. – 56 b.