Mahambet qishlogʻi — Atirov viloyati Mahambet tumanining markazi. Qishloq poydevori 1928-yili qurildi. Aholisi 8,796 kishi (2012). Qishloq nomi Mahambet Oʻtemisuli nomiga berilgan. Mahambet qishlogʻi, viloyat markazi sanalmish Atirov shahridan 67 km uzoqlikda, Yoyiq daryosining oʻng yoqasida joylashgan.
Aholisi 1999-yili qishloq aholisi 6,685 kishini, (3,191 nafari erkaklar va 3,494 nafari ayollar) 2009-yilda esa qishloq aholisi 8,012 kishini tashkil qildi (3,854 nafari erkaklar va 4,158 nafari ayollar).
Tarixi 1963-yilgacha Jamanqala deb nomlanib, Baqsay tumanining markazi boʻlib keldi. 1963-yili Baqsay va Novobogat tumanlarini biriktirgandan keyin, Mahambet tumanining markazi boʻldi. Qishloqqa yaqin joyda Mahambet Oʻtemisulining qabri bor. Mahambet qishlogʻi orqali Atirov — Oʻral elektr tarmogʻi va Atirov — Inderbor — Samara neft quvuri oʻtadiQozoq Ensiklopediyasi, 6 tom
Manbalar
Havolalar Fotosuratlar
Turkum:Atirov viloyati Turkum:Qozogʻiston qishloqlari