Fargʻona viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1938-yil 15-yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Fargʻona vodiysining janubida joylashgan. Shimoldan Namangan, Andijon viloyatlari, janub va sharqdan Qirgʻiziston, gʻarbdan Tojikiston Respublikalari bilan chegaradosh. Maydoni 6,8 ming km2 .Aholisi 2026-yil 1-iyul 4 254,2 kishi. Tarkibida 15 tuman, 4 shahar (Margʻilon, Fargʻona, Quvasoy, Qoʻqon), 5 tumanga boʻysunuvchi shahar (Beshariq,Rishton,Yaypan,Quva,Hamza,25 dan ortiq shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2019). Markazi — Fargʻona shahri.
Tarixi 300px|right|thumb|Fargʻona darvozasi 303x303px|right|thumb|Xudoyorxon oʻrdasi 300px|right|thumb|Fargʻona xalqaro aeroporti Fargʻona viloyati Oʻzbekistonning qadimgi madaniyat oʻchoqlaridan biri. Viloyat hududida topilgan tosh davri manzilgohlari va qoyatoshlariga solingan suratlar vodiyda odamlar eng qadimgi davrlardan beri yashab kelganliklaridan darak beradi. Fargʻona viloyatining tosh davri yodgorliklarini 1954-yil A. P. Okladnikov rahbarligidagi arxeologiya otryadi oʻrgangan. Vodiyning sharqiy qismidagi Qayroqqum, Xoʻjagʻor va Uchqoʻrgʻon makonlaridan mustye davriga oid tosh qurollar topildi. Vodiyning gʻarbiy qismidagi qadimgi tosh davri madaniyatiga oid manzilgohlar mustye davridagi Qalʼacha, Jarqoʻton va Qapchigʻay tosh qurollar ishlash ustaxonalari topilib oʻrganildi. 1958-yil birinchi marta Markaziy Fargʻonadan mezolit davriga oid mikrolit tosh qurollari topildi. Shuningdek, Markaziy Fargʻonadagi Uzunkoʻl va Tayloqkoʻl atroflaridan mezolit va neolit davrlariga oid 24 ta manzilgoh borligi aniqlandi (1965). Soʻx vohasidagi 28 gʻor va ungurlar (Selungur, Eshma, Obishir, Sur, Bel, Zim, Ovikambar, Bogʻishim va boshqalar) roʻyxatga olindi. Obishir gʻorlaridagi madaniy qatlam yaxshi saqlangan. Gʻorlarni qazish jarayonida mezolit davriga oid tosh qurollar, hayvon suyaklari topilgan. Bular oʻsha davr turmushini oʻrganish imkonini beradi.
1967 va 1969—70 yillarda Sankt-Peterburgdagi Ermitaj muzeyi xodimlari mezolit va neolit davrlariga oid 35 ta manzilgoh topdilar. Fargʻona viloyatining arxeologik yodgorliklarini oʻrganishda Katta Fargʻona kanalining qazilishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Kanalni qazish jarayonida jez davri, quldorlik va zamindorlik jamiyatlariga oid yodgorliklar topildi va tekshirildi. Quva va Toshloq tumanlari oʻrtasidagi Akbarobod qishlogʻida jez davriga oid manzilgoh, Margʻilonsoyning chap sohilida Oqtom qabristoni boʻlganligi aniqlandi. Fargʻona viloyatining Quva tumanida quldorlik davriga oid Taxyontepa, Fargʻona shahrida Simtepa (Chimtepa) kabi yodgorliklar topib oʻrganilgan. Ayniqsa, Quva shahridagi miloddan avvalgi V asr va oʻrta asr boshlariga oid topilmalar yaxshi tekshirilgan. X—XI asrlarga doir tarixiy manbalarda bu shahar obodligi va kattaligi jihatidan vodiyda Axsikatdan soʻng eng yirik shahar deb qayd qilingan. Arxeologik materiallar Margʻilon shahri X asrda katta qishloq boʻlib, XI—XII asrlarda shaharga aylanganligini, Rishton esa X asrda katta shahar boʻlsa ham, 11-12 asrlarga kelib qishloq qiyofasiga kirib qolganligini isbotlaydi. Oʻtroq dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullangan Chust madaniyatiga oid manzilgohlardan topilgan yodgorliklar Fargʻona vodiysini oʻrganishda muhimdir. U yerda ishlab chiqarish kuchlari va xoʻjalikning taraqqiyoti jez davrining oxirida dehqonchilik qabilalarining ijtimoiy tuzumida oʻzgarish yuz berishiga, natijada ibtidoiy tartiblar tugab, jamiyatdagi tabaqalanishga olib kelgan. Roʻzgʻor anjomlarida xususiy mulkchilik kurtaklari koʻzga tashlanadi. Arxeologik tekshirishlar natijasi Fargʻona viloyatida qadimdan odamlar yashab, ovchilik, dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanganligidan, kishilik jamiyatining keyingi bosqichlarida esa madaniyat rivojlana boshlaganligidan dalolat beradi.
Viloyat Oʻzbekiston SSR tarkibida Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926-1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik. 1926-yilda tashkil topib, uning markazi Qoʻqon shahri etib belgilangan.
1929-yil holatiga koʻra okrug 9 okrugga boʻlingan:
Oltiariq tumani (markazi — Oltiariq shahri, Bagʻdod tumani (markazi — Bagʻdod qishlogʻi), Beshariq tumani (markazi — Beshariq qishlogʻi), Qoʻqon tumani (markazi — Qoʻqon shahri), Quva tumani (markazi — Quva shahri), Qudash tumani (markazi — Qudash qishlogʻi), Margʻilon tumani (markazi — Margʻilon shahri), Rishton tumani (markazi — Rishton shahar tipidagi aholi punkti), Fargʻona tumani (markazi — Fargʻona shahri).
Okrug aholisi 1926-yilda 674,1 ming kishi edi. Ulardan o‘zbeklar — 80,5%, tojiklar — 9,4%, ruslar — 3,9%, qirg‘izlar — 1,9%.
SSSRning aksariyat okruglari singari 1930-yil 30-iyulda Fargʻona okrugi ham tugatilgan. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSRga boʻysunishga oʻtkazilgan.
1938-yil 15-yanvarda markazi Fargʻona shahri boʻlgan Fargʻona viloyati (1938-yil 15-yanvar) tashkil etilgan. Viloyat tarkibiga dastlab 30 ta tuman (Oyim , Oltiariq, Bagʻdod, Baliqchi, Voroshilov tumani, Jalaquduq, Izboskan, Kaganovich, Kosonsoy, Kirov, Qoʻqon, Kuybishev, Lenin, Margʻilon, Marhamat, Pavlov, Namangan), Stalin, Toshloq, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Uchqoʻrgʻon, Fargʻona, Xoʻjaobod, Chust, Yangiqoʻrgʻon) va viloyatga boʻysunuvchi shaharlar (Fargʻona, Qoʻqon, Margʻilon, Namangan va Chust) kirgan.
1939-yilda Oltinkoʻl, Quva va Frunze tumanlari tashkil etilgan.
Bu chegaralar ichida Fargʻona viloyati ikki yilga yaqin mavjud boʻlgan, biroq SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1941-yil 6-martdagi Farmoni bilan Andijon va Namangan viloyatlari tashkil etilgan. Bu farmon bilan Fargʻona viloyatining chegaralarining 3 barobar qisqarishiga sabab boʻlgan.
Hozirgi Namangan viloyatining tumanlari Fargʻona viloyatidan: Kosonsoy, Toʻraqoʻrgʻon, Yangiqoʻrgʻon, Uychi, Pop, Namangan, Norin, Uchqoʻrgʻon va Chust tumanlari bilan ajralib chiqqan. Andijon viloyati Andijon okrugi chegaralarida tiklangan: Lenin, Stalin (Moskva), Ilyichevsk, Voroshilovskiy, Andijon, Komsomolobod, Baliqchi, Jalaquduq, Izboskan, Marhamat, Paxtaobod, Xoʻjaobod, Qoʻrgʻontepa, Oltinkoʻl tumanlari; Andijon, Leninsk, Ilyichevsk, Sovetobod, Moskva va shahar tipidagi shaharcha Rus qishlogʻi viloyat tarkikbiga oʻtgan.
1943-yilda Margʻilon tumani Oxunboboy deb oʻzgartirilgan. 1942-yilda Soʻx , 1943-yilda Buvayda, Vodil, Gorskiy va Quvasoy, 1952-yilda Yozyovon tumanlari tashkil etilgan.
1957-yilda Kaganovich tumani Oʻzbekiston, Molotov tumani esa Leningrad deb oʻzgartirilgan.
1959-yilda Buvayda, Vodil, Gorskiy, Qoʻqon, Quvasoy, Soʻx, Toshloq, Yozyovon tumanlari tugatilgan. Oʻsha yili Oxunboboyev tumani Margʻilon tumani deb nomlandi, biroq ayni vaqtda Oxunboboyev nomi bilan yangi tuman tashkil etilgan.
1960-yil 25-yanvarda tugatilgan Namangan viloyatidan Kosonsoy, Pop, Toʻraqoʻrgʻon va Chust viloyatlari Fargʻonaga oʻtkazilgan boʻlsa, 1962-yil 31-martda hammasi (Popdan tashqari) Andijon viloyatiga oʻtkazilgan.
1962 yil dekabrda Bagʻdod, Kuybishev, Margʻilon, Oʻzbekiston, Fargʻona va Frunze tumanlari tugatilgan.
1963-yilda Oʻzbekiston, 1964-yilda Bagʻdod va Fargʻona, 1967-yilda Rishton tumanlari tashkil etilgan.
1967-yil 18-dekabrda Pop tumani qayta tiklangan Namangan viloyatiga oʻtkazilgan.
1970-yilda Frunze tumani, 1973-yilda Buvayda va Toshloq, 1980-yilda Yozyovon tumani tashkil etilgan. 1979-yilda Quva, 1986-yilda esa Quvasoyga viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomini olgan.
Hududiy boʻlinishi Fargʻona viloyati hududiy jihatdan 15 ta tuman va 4 ta shaharga boʻlingan. Shaharlar Fargʻona viloyatiga bevosita boʻysunadigan quyidagi 4 ta shahar mavjud: Fargʻona Qoʻqon Margʻilon Quvasoy
Tumanlari thumb|right|300px
Tuman nomi Tuman markazi 1 Oltiariq tumani 72 MFY,238,9 ming kishi Oltiariq 2 Bagʻdod tumani 59 MFY,245 ming kishi Bagʻdod (shaharcha) 3 Beshariq tumani 62 MFY,252,6 ming kishi Beshariq 4 Buvayda tumani 55 MFY,260,4 ming kishi Ibrat 5 Dangʻara tumani 49 MFY,186 ming kishi Dangʻara 6 Fargʻona tumani 76 MFY,232,1 ming kishi Vodil 7 Furqat tumani 34 MFY,133,1 ming kishi Navbahor (qishloq) 8 Qoʻshtepa tumani 51 MFY,219,2 ming kishi Langar (qishloq) 9 Quva tumani 65 MFY,287,1 ming kishi Quva 10 Rishton tumani 71 MFY,226,8 ming kishi Rishton 11 Soʻx tumani 27 MFY,89,7 ming kishi Ravon (qishloq) 12 Toshloq tumani 51 MFY,228 ming kishi Toshloq 13 Uchkoʻprik tumani 53 MFY,254,3 ming kishi Uchkoʻprik 14 Oʻzbekiston tumani 75 MFY,246,3 ming kishi Yaypan 15 Yozyovon tumani 33 MFY,125,3 ming kishi Yozyovon Qoʻqon sh. 68 MFY,322,1 ming kishi
Fargʻona sh. 70 MFY,337,6 ming kishi
Margʻilon sh. 54 MFY,263,6 ming kishi
Quvasoy sh. 30 MFY,105,6 ming kishi
Tabiati Fargʻona viloyatining shimoliy qismini Qoraqalpoq va Yozyovon dashtlari egallagan, janubdan Olay tizmasidan oqib tushadigan daryolarning yoyilmalari bilan oʻralgan. Janubda adirlar Olay tizmasining togʻ oldilari bilan almashinib turadi. Fargʻona viloyati yuqori seysmik zona hisoblanadi. Iqlimi kontinental. Qishi birmuncha yumshoq, baʼzan havo juda sovib ketadi. Yanvar oyining oʻrtacha harorati — 3,2 °C, iyulniki 28 °C. Eng past harorat —27,9 °C. Eng yuqori harorat 42 °C. Vodiyning gʻarbida esadigan kuchli "Qoʻqon shamoli" iqlimga salbiy taʼsir etadi. Shamolning tezligi sekundiga baʼzan 35-40 metrga yetadi. Janubi-sharqida yozda garmsel esadi. Yiliga gʻarbida 100 mm dan (Qoʻqon atrofi) sharqiy qismida 170 mm gacha, togʻ yon bagʻirlarida 270 mm gacha yogʻin tushadi, asosan, bahorda yogʻadi. Vegetatsiya davri 210—240 kun. Viloyatning shimoli-gʻarbiy chegarasi boʻylab Sirdaryo oqadi. Olay tizmasidan Isfara, Soʻx, Shohimardon, Isfayramsoy boshlanadi. Daryolar muzlikqor suvlaridan toʻyinadi. Iyul— avgustda toʻlib oqadi. Daryo suvlari sugʻorishga sarflanadi. Asosan, boʻz tuproq va oʻtloqi botqoq tuproklar keng tarqalgan. Adirlarda aksari och va tipik boʻz tuproqlar, Sirdaryo terrasalarida allyuvialoʻtloqi tuproqlar, viloyatning shimoliy qismida shoʻrxok oʻtloqlar va ajriqli oʻtloqlar mavjud. Markaziy Fargʻonadagi shoʻrxoklarda turli xil shoʻra oʻsadi. Yerlarining kattagina qismi ekinzor. Vohalarda terak, tut, qayragʻoch, daryo vodiylarida keng bargli oʻrmonlar va archazorlar bor. Yovvoyi hayvonlardan Sirdaryo toʻqayzorlarida qobon, adir va Olay tizmasi togʻ oldilarida boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, boʻrsiq, jayra yashaydi. Ondatra, nutriya iklimlashtirilgan. Qushlar, sudraluvchilar koʻp. Suv havzalarida marinka, usach, zogʻora baliq, karp, oq amur, doʻngpeshona baliqlar bor.
Aholisi Aholisi, asosan,
oʻzbeklar 3 807,800 ming kishi (90,2%)
tojiklar 244,500 ming kishi (5,8%)
ruslar 39,400 ming kishi (0,9%)
qirgʻiz 81,500 ming kishi (1,9%)
tatar va boshqa millat vakillaridan tashkil topgan. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 627,2 kishi. Shahar aholisi 2 million 411 ming kishi, qishloq aholisi 1 million 842 ming kishi (2026.07.01).
Xoʻjaligi 300px|right|thumb|Viloyat hokimligi Fargʻona viloyati respublikaning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Viloyatda 86 ta yirik sanoat korxonasi mavjud. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: yoqilgʻienergetika, kimyo, mashinasozlik, qurilish materiallari, paxtani tozalash va qayta ishlash, yengil va oziqovkat sanoati va boshqa Energetika bazasi, asosan, issiqlik elektr styalardan iborat boʻlib, eng yiriklari: Fargʻona, Qoʻqon issiqlik elektr markazlari, Quvasoy issiqlik elektr styasi. Barcha styalar Oʻrta Osiyoning yagona energetika tizimiga birlashtirilgan. Kimyo sanoatining eng yirik korxonalari Fargona va Qoʻqon shaharlarida joylashgan. „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, kimyoviy tolalar, furan birikmalari kimyo zavodlari, Qoʻqon superfosfat zavodi va boshqalar shular jumlasidandir. Viloyatda Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi joylashgan.