Arshali — Akmola viloyati Arshali tumanining markazi (1935-yildan buyon), Astana shahrining janubi-sharqida 70 km masofada, Yesil daryosining Arnasay toʻgʻoniga quyadigan joyida joylashgan qishloq. Aholisi 6,5 ming kishi (2012).
Tarixi Poydevori 1890-yili qurilgan. 1922-yilgacha Borisovka, keyinchalik Vishnevka qishlogʻi deb nomlandi. 1998-yilda esa tarixiy nomi — Arshali qaytarilib berildi.
Sanoati Arshalida temir-beton, shpal, qurilish materiallari kombinati, moy zavodlari, bosmaxona va boshqalar faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy soha Qishloqda 2 oʻrta, 2 boshlangʻich, musiqa, sport maktablari, madaniyat uyi, oʻquvchilar va yoshoʻspirinlar badiiy uylari, 2 kutubxona, kinoteatr, klub, tuman kasalxonasi, shifoxona, dorixona va boshqalar aholiga xizmat qilmoqda. Arshali hududi orqali Almati — Yekaterinburg temir yoʻl va avtomobil yoʻli oʻtadi. Eng yaqin temir yoʻl stansiyasi — Vishnevka (3 km)Qozoq ensiklopediyasi.
Manbalar
Turkum:Qozogʻiston qishloqlari