Atmosfera fizikasi — Atmosferada sodir boʻladigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini oʻrganuvchi fan. Atmosferadagi termodinamik jarayonlar, atmosferaning tarkibiy tuzilshi, unda suv bugʻlarining quyuqlanishi, bulut, tuman va yogʻinlarning hosil boʻlish jarayonlari, nurlanish, optik, elektr va akustik hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadi. Atmosfera fizikasining taraqqiy etishi natijasida atmosferaning Yerga yaqin qatlami fizikasi alohida boʻlim sifatida vujudga keldi. U insoniyat, hayvonot va oʻsimlik dunyosi uchun bevosita ahamiyatga ega boʻlgan hodisalarni oʻrganadi. Atmosfera fizikasining yana bir boʻlimi — atmosferaning yuqori qatlamlari fizikasi. Meteorologik raketalar va yer sunʼiy yoʻldoshlarini uchirishda, sayyoralararo aloqa muammolarini hal qilishda, ob-havoni ifodalovchi hodisalarning toʻla fizik modelini tuzishda bu boʻlimning muhim ahamiyati borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.

Atmosfera fizikasi tarkibiga atmosfera dinamikasi, meteorologik hodisalar, havo harorati, bosimi va namligi kabi tor yoʻnalishlar kiradi. Yer atmosferasi tuzilishida troposfera, stratosfera, mezosfera va termosfera asosiy qatlamlar hisoblanadi; ob-havoning katta qismi hamda bulutlarning aksariyati troposferada kuzatiladi. Stratosferada ozon qatlami joylashgan boʻlib, u ultrabinafsha nurlanishning katta qismini yutadi va shu sababli yuqori stratosferada haroratning oshishiga taʼsir qiladi.

Manbalar

Turkum:Georafiya Turkum:Fizika