Baraka — bir-biriga qoʻshilib oʻsgan ikki va undan ortiq qoʻshaloq meva. B. novdaning aynan bir boʻgʻimida hosil boʻlgan ikki yoki uch gulbandning bir-biriga toʻliq qoʻshilib rivojlanishi oqibatida sodir boʻladi. B. koʻpgina qishloq xoʻjaligi ekinlari, jumladan, paxta, pomidor, kartoshka, bodring, qovun va boshqa, shuningdek mevalarda ham koʻp uchraydi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil