Kreml (rus.) — qadimgi rus shaharlarining markaziy qismi; atrofi devor bilan oʻralgan minorali qalʼa, mudofaa inshootlari, saroy va cherkovlardan iborat. Ilk bor 1331-yil yozma manbalarda "Kremnik" debtilga olingan. Kreml devorlari dastlab yogʻoch va loydan, XI asr dan tosh va gʻishtdan qurilgan. Asosan shaharning baland joyida, daryo yoki koʻl boʻyida barpo etilgan. Shaharning negizi hisoblanib, uning qiyofasida muhim oʻrin tutgan. Novgorod, Pskov, Tula, Smolensk, Moskva kabi shaharlar Kremlni saqlangan. Kremlda knyaz yoki podshohlarning qarorgohi, sobor, boyarlar uyi va boshqa boʻlgan. 16— XVII asrlarda Kreml qurilishi keng avj oldi, ammo XIX asr dan harbiy-strategik ahamiyatini yoʻqotib shahar majmuasidan faqat maʼmuriy markaz va tarixiy-badiiy ansambl sifatida oʻrin oldi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Kreml — (shahar ichidagi qal'a, XIV asrgacha boʻlgan nomlanishi - Detinets) qadimgi rus shaharlarining markaziy qismi, minoralar va бойницаdan iborat qal'a devori bilan o'ralgan.
Kreml ichida cherkovlar, qurol-yarog' omborlari va ustaxonalar, boshqaruv xo'jaligi kabi hayotiy zarur muassalar joylashgan. Kreml qurilishida odatda daryo bo'yidagi yoki tabiiy to'siqlar oldida joylashgan tepaliklarda qurilgan.Qurdirgan hukmdor Ivan Kalita
Mashhurlari
Butunjahon merosiga kirgan kremllar ro'yxati Moskva kremli Novgorod kremli Qozon kremli Solovetskiy kremli Himoya qilinadiganlari Nijegorod kremli Pskov kremli Smolensk kremli Kolomen kremli Astraxan kremli Zaray kremli Tobol kremli Tula kremli Suzdal kremli Rostov kremli Aleksandrov kremli (Vladimir oblasti) Devorsiz Dmitrov Ryazan Vologda Yaroslavl (ko'pincha Yaroslavl kremlini Spas-Brajenbo'yi monastiri deb adashtirishadi) Vayronalar Gdov Izborsk Porxov Serpuxov Velikiye Luki faqatgina devorlari qolgan Borovsk Opochka Starodub Holati no'malum Ostrov Torjok Volokolamsk
Manbalar
*