Boris Anisimovich Bondarenko (19-oktyabr 1923, Davlekanov shahri, Boshqirdiston — 20-iyul 2017) — kibernetik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1983), fizikamat, fanlari doktori (1970), professor (1974). 1928-yildan Toshkentda. Oʻrta Osiyo davlat universitetni tugatgan (1953). Oʻzbejchctoh Fanlar akademiyasi Matematika institutida (1953—72), Toshkent temir yoʻl transporti muhandislari institutida (1972—80), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi "Kibernetika" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida (1980-yildan) ishladi. Bondarenko matematik fizikaning yarim chiziqli shu jumladan polivibratsion tenglamalarni oʻrganish boʻyicha xalqaro maktab asoschilaridan biri (rumin olimi Manjeron bilan birga). Ilmiy ishlari uzlukli matematika, kombinatolik tahlil, murakkab matematik fizika masalalarini analitik va uzlukli usullar bilan yechish, arifmetik fraktal tuzilmalarini tuzish va tekshirishga, elastiklik nazariyasining 3 oʻlchovli masalalariga bagʻishlangan. "Jasorat" medali bilan takdirlangan (1995).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Matematiklar Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:20-iyulda vafot etganlar Turkum:2017-yilda vafot etganlar Turkum:1923-yilda tugʻilganlar Turkum:19-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Jasorat medali sohiblari Turkum:Vatan urushi ordeni sohiblari Turkum:Qizil Yulduz ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari