Boshqirdiston universiteti, Boshqirdiston davlat universiteti — Rossiyadagi yirik untlardan biri. Ufa shahrida joylashgan. K. A. Timiryazev nomidagi Boshqirdiston pedagogika instituti negizida 1957-yil tashkil etilgan. Fizika, matematika, biologiya, filologiya, tarix, geografiya, kimyo, yuridik fanlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. 8 mingdan ortiqtalaba taʼlim oladi. Universitet ilmiy asarlar nashr etadi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Rossiyadagi universitetlar