Edward Granville Browne () (1862.7.2, Yuli, Glostershir — 1926.5.1, Kembrij) — ingliz sharqshunosi. Kembrij untida sharq tillari va tabobat ilmini oʻrgangan. Uzoq vaqt Eronda yashagan. Kembrij universitetida arab va fors tillari professor (1888— 1925). Yaqin va Oʻrta Sharq, shu jumladan Oʻrta Osiyo xalqlarining adabiyoti va madaniyatiga oid bir necha asar yozgan. U "Bir yil forslar orasida" (1893), 4 jildli "Eron adabiyoti tarixi" (1902—24), "Hozirgi Eron poeziyasi va matbuoti" (1914), "Arab tabobati" (1921) nomli asarlar muallifi. Browne Nizomiy Aruziy Samarqandiyning "Toʻrt maqola"si (1921) matnini va Davlatshoh Samarqandiyning "Tazkirat ushshuaro"si (1901) matnini nashr ettirgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar
Tashqi havolalar Brown E. G. Fors Bayanining qisqacha mazmuni
Turkum:Kishilar Turkum:1862-yilda tugʻilganlar Turkum:1926-yilda vafot etganlar Turkum:Angliyalik sharqshunoslar