thumb|New York fond birjasi savdo zali Broker (), makler — fond, tovar va valyuta bozorlarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik (dallollik) qiladigan shaxs yoki firma. Brokerlar, odatda, mijoz topshirigʻiga koʻra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga oʻz nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin.
Vositachilik bitimlari, asosan, brokerlik idoralari, firmalar yoki ularning filiallari orqali rasmiylashtiriladi. Vositachilik qilgani uchun tomonlarning kelishuviga koʻra yoki belgilangan tarif asosida brokerlik haqi undiriladi. Yirik brokerlik idoralari xaridorga qarz berishda banklar bilan hamkorlik qiladi, ayrim hollarda oʻzlari kreditor boʻladilar hamda bitimlarning bajarilishiga kafillikni oʻz zimmalariga oladilar.
Qimmatli qogʻozlar bozorida broker mijozning topshirigʻiga binoan, uning nomidan va hisobidan qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar hamda operatsiyalarni amalga oshiruvchi investitsiya vositachisi sifatida faoliyat yuritadi. Oʻzbekiston qonunchiligiga koʻra, brokerlik faoliyati investitsiya vositachiligining shakllaridan biri hisoblanadi.
Brokerning asosiy vazifalariga mijozlarning qimmatli qogʻozlarni sotib olish va sotish boʻyicha topshiriqlarini qabul qilish va bajarish, bitimlarni rasmiylashtirish hamda ular toʻgʻrisida mijozga axborot taqdim etish kiradi. Brokerning xizmatlari uchun toʻlanadigan haq va boshqa shartlar broker bilan mijoz oʻrtasidagi shartnomada belgilanadi.
Xalqaro amaliyotda brokerlar aksiya, obligatsiya, investitsiya fondi ulushlari va boshqa investitsiya vositalari bilan bogʻliq bitimlarni mijozlar topshirigʻiga binoan amalga oshiradilar. Ayrim brokerlar qoʻshimcha ravishda investitsiya boʻyicha maslahat va boshqa xizmatlarni ham koʻrsatishi mumkin.
Shuningdek qarang
Investitsiya vositachisi Diler Fond birjasi Qimmatli qogʻozlar bozori Qimmatli qogʻoz
Manbalar
Turkum:Davlat Turkum:Huquq Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Huquq va iqtisodiyot Turkum:Iqtisodiy mafkuralar