Bxavnagar — Hindiston gʻarbidagi shahar, Katxiyavar yarim orolda, Gujarot shtatida. Ahsshisi 401 mingdan ziyod kishi (1990-yillar oʻrtalari). Kambey qoʻltigʻidagi port. Toʻqimachilik, oziq-ovqat, kimyo sanoati korxonalari bor. Bxavnagar yaqinidan tuz olinadi. Shaharga 1723-yilda asos solingan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Hindiston shaharlari Turkum:Alifbo boʻyicha shaharlar