BYUKENEN (Buchanan) Jeyms Makl-Gil (1919-yil, 10-mart-2013-yil, 1-sentyabr) – Amerika iqtisodchisi. 1948-yilda doktorlik ilmiy darajasini olgan. Buchanan narx belgilash jarayoniga katta eʼtibor qaratib, iqtisodiy taraqqiyotda narx omillari muhim oʻrin tutishini taʼkidladi. Buchananning fikriga koʻra, ishlab chiqarish va narxni hukumat tomonidan nazorat qilinishiga favqulodda hollardagina yoʻl qoʻyilishi lozim, lekin ayni paytda erkin tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash yoʻlida iqtisodiyot ishlariga davlatning aralashuvini kuchaytirishni yoqlaydi. Buchanan ijtimoiy tanlov nazariyasi asoschisi. Moliyaviy masalalarga oid qator monografiyalar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1986)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:1919-yilda tugʻilganlar Turkum:3-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:2013-yilda vafot etganlar Turkum:9-yanvarda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari