Boʻgajili, Bogʻajeli — Nurota togʻ etaklarida yashovchi oʻzbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular "olti ota boʻgajili" deb ham atalgan. B. oʻtmishda — qoʻshtamgʻali, oʻrda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa boʻlingan. V. Radlov B.larni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va XIX asr oʻrtalarida Zarafshon vodiysining markaziy qismi shim.da, Nurota togʻlarida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urugʻ: qozoyogʻli, qanjigʻali va byogyoshyolyu boʻlganligini, shulardan qanjigʻali va B. uysun qabilasiga mansub boʻlib Katta Oʻrda qozoqdari bilan qabiladosh boʻlganlarini qayd etib oʻtadi."" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Adabiyotlar Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.
Manbalar