Fattoh Abdullayev (1914.16.1, Jambul — 1985-yil, 9-noyabr, Toshkent) — oʻzbek tilshunosi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1984). Filologiya fanlari doktori (1961), professor (1969).

Leningrad davlat universitetini tamomlagan (1939). Toshkent davlat pedagogika institutida (1939-1944), Namangan davlat pedagogika institutida (1944-1947), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida (1947 — 1950 va 1957-yildan), Xorazm davlat pedagogika institutida (1950-1956) ishlagan. Ilmiy ishlari oʻzbek adabiy tilining tarixi, dialektologiyasi, leksikasi, fonetikasi, grammatikasi, shuningdek, badiiy nutq masalalariga bagʻishlangan. Abdullayev Xorazm shevalarini tadqiq qilib, ularning dialektologik xaritasini tuzgan va tasnifini berganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:1985-yilda vafot etganlar Turkum:11-sentabrda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Turkologlar Turkum:Oʻzbekshunoslar