Sultamurod Aytbayev (1951.20.10, Qoʻngʻirot tumani) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1995). Xoʻjayli pedagogika bilim yurtini tugatgan (1970). 1970-77 yillarda Qoʻngʻirot tumanidagi 14-maktabda, 1977-yildan 7-maktabda boshlangʻich sinf oʻqituvchisi. A. rahbarligidagi maktab duradgorlik toʻgaragi qatnashchilari tuman koʻrik tanlovlarida sovrinli oʻrinlarni egallagan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:1951-yilda tugʻilganlar Turkum:20-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari