Akvilegiya (lot. Aquilegia — suvyigʻar) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi tik (25-70 sm), gullari uzun pixli koʻk, binafsha, qizil yoki och qizil; gulkosasi 5 bargli. Mevasi oʻzaro tutashmagan tuda urugʻchibarglardan iborat. 50 ga yaqin turi bor. Yevropa, Osiyo va Amerikada (oʻrmon chetlari, daryo boʻylari va togʻlarda) tarqalgan. 9 turi bor, koʻproq Markaziy Osiyo, qisman Sibir va Uzoq Sharqda uchraydi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarda akvilegiyaning ikki turi yovvoyi holda oʻsadi. Oddiy akvilegiya (A. vulgaris) gulzorlarga ekiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
thumb|Aquilegio vulgaris
Manbalar