Aneto choʻqqisi, Piko-de-Aneto — Pireney togʻlari (Ispaniya) dagi eng baland choʻqqi (3404 metr). Granitdan iborat. Maladet togʻlarida joylashgan. Aneto choʻqqisi doimiy qorlar bilan qoplangan. Kichikroq muzliklar ham bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Togʻlar