Argillitlar (yunoncha argillos — gil va litos — tosh) — gil jinslarning suvda boʻkmaydigan, toshqotgan, qattiq guruhi. Argillitlar gil va gilsimon 610 choʻkindilarning zichlanishi, suvsizlanishi (degidratatsiya) va sementlanishi natijasida hosil boʻladi. Argillitlar burmalangan oʻlkalarda hamda platforma qatlamining qadimgi yotqiziqlarida uchraydi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Petrologiya