Toʻraxo Asadullayev (1941.14.4, Kasbi tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1994). Qarshi pedagogika institutini tugatgan (1966). 1972-75 yillarda Kasbi tumanidagi 13-maktabda yetakchi, 1975-yildan 20-maktabda, 1995-yildan 2-maktabda oʻzbek tili va adabiyoti oʻqituvchisi. Asadullayev oʻzining pedagogik faoliyati davomida butun diqqat-eʼtiborini oʻquvchilarga puxta bilim berish, ularning dunyoqarashini shakllantirish, ol-gan bilimlari asosida mustaqil fikrlashga qaratdi. Asadullayev maktabda namunali oʻzbek tili va adabiyoti kabinetini tashkil etgan. „Oʻqituvchi ijodkorligi dars samaradorliga“ mavzuidagi metodik qoʻllanmasi chop etilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasining xalq oʻqituvchilari Turkum:1941-yilda tugʻilganlar Turkum:14-aprelda tugʻilganlar