Mahmudjon Ahmedovich Ahmedov (27-dekabr, 1926-yil; Qashqadaryo viloyati Kitob tumani) — jarroh, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1971), professor (1973). SamMI fakultet jarrohlik kafedrasi assistenti (1956-1963), dotsenti (1964-1970); bolalar jarrohligi kafedrasi mudiri (1970-yildan). Ahmedovning asosiy ilmiy ishlari bolalardagi yiringli septik kasalliklar: oʻtkir va surunkali osteomiyelit, siydik ajratish sistemasi va siydik toshi kasalligi anomaliyalarini tuzatish, shuningdek, bolalar jarrohligida lazerni qoʻllash va boshqalarga oid.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:1926-yilda tugʻilganlar Turkum:27-dekabrda tugʻilganlar Turkum:Jarrohlar Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari