Veselovskiy Nikolay Ivanovich (1848—1918.12.4) — rus arxeologi va sharqshunosi.
1890-yildan Peterburg universiteti professor Peterburg Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1914). Turkiston tarixi va arxeologiyasini oʻrgangan. Turkiston tarixi, etnografiyasiga oid bir qator maqolalar nashr ettirgan.
1885-yil arxeologik qazishlar olib borish uchun Turkiston oʻlkasiga yuborilgan.Afrosiyobda arxeologik qazish ishlari olib borgan. Samarqanddagi 14—XV asr obidalari — masjid va yodgorliklar albomi va Amir Temur maqbarasi naqshlarining rangli jadvalini tuzib, nashr ettirgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Arxeologlar Turkum:1848-yilda tugʻilganlar Turkum:1918-yilda vafot etganlar Turkum:Turkologlar Turkum:Rossiyalik sharqshunoslar