Viktoriya (Victoria) — Avstraliya shimolidagi daryo. Uzunligi 570 km, havzasi 7,5 ming km. Katta Qumli choʻldagi Kimberli platosidan boshlanib, choʻl joylardan oqib oʻtadi. Timor dengizining janubidagi Jozef-Bonapart qoʻltigʻiga quyiladi. Vodiysi tor, darasimon. Oʻrtacha suv sarfi 200 m3/sek. May — noyabrda daryo sayozlanadi, yuqori va oʻrta oqimida, hatto qurib qoladi. Seryomgʻirli dekabr— fevralda toʻlib, baʼzan toshib oqadi. Quyilish joyidan qariyb 150 km ichkarigacha kema qatnaydi.

Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Turkum:Alfavit boʻyicha daryolar Turkum:Avstraliyadagi daryolar