Voliy (arab.— hokim, noib) — oʻrta asrlarda Sharq mamlakatlarida viloyat hokimi (noibi). V.lar xon va qirol tomonidan tayinlanib, viloyatning mutlaq hokimi hisoblangan. Mustamlaka mamlakatlarga metropoliya tomonidan tayinlangan hokimlar ham sharq manbalarida V. deb atalgan. Masalan, Misr va Hindistonga 18—XIX asrlarda yuborilgan ingliz vitse-qirollari V. deb atalgan (yana qarang Vitse-qirolliklar, noib).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Unvonlar Turkum:Tarix