Gipostaz (gipo... va yunoncha: stasis — toʻxtash, turgʻunlik) — genlarning oʻzaro taʼsiri tiplaridan biri; bir gen taʼsirini xromosomaning boshqa qismida yoki boshqa xromosomalarda joylashadi, yaʼni allel boʻlmagan gen yoki genlar tomonidan fenotipda soʻndirilishi (qarang: Allellar). Taʼsiri soʻndirilgan gen gipostatik gen, gipostatik genlar taʼsirini soʻndiruvchi genlar esa epistatik genlar deyiladi (qarang: Epistaz). Genetik jihatdan oʻzaro oʻxshash boʻlmagan organizmlar chatishtirilganida G. belgilar nisbatini 2-avlodda oʻzgarishiga olib kelishi mumkin; bunday qollarda oʻzgarishning xususiyati epistatik genning gipostatik genga nisbatan dominantligi yoki resessivligiga bogʻliq. Ikki gen dominant boʻlganida 2-avlod fenotipida belgilarning ajralishi Mendel qonunlari boʻyicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 12:3:1 nisbatda sodir boʻladi. Mas, donining rangi boʻyicha dominant qora (A) va kulrang (V) genlarga ega boʻlgan suli navlari chatishtirilganida A va V genga ega boʻlgan avlodlarda faqat A gen fenotipda yuzaga chiqishi mumkin. Bunday holdaajralish 12 ta qora, 3 ta kulrang va 1 ta oq nisbatda sodir boʻladi. Epistatik va gipostatik genlar resessiv boʻlganida esa 9:3:4 nisbatda ajralish roʻy beradi.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar