Golkonda — Dekan (Hindiston)dagi oʻrta asr davlati (16— XVII asrlar). Bahmaniylar davlatining parchalanishi natijasida vujudga kelgan (1512). Asoschisi bahmaniylarning Varangaldagi sobiq noibi Quli Qutbshoq boʻlgan, Davlat poytaxti — G. qalʼasi, 1589 y.dan Bxagnagar sh. (keyinchalik nomi Haydarobod deb oʻzgartirilgan). Toʻqimachilik va hunarmandchilikning boshqa turlari taraqqiy etgan, olmos qazib chiqarish rivojlangan. 1687 y. Boburiylar davlati tarkibiga qoʻshib olingan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil