Ivan Aleksandrovich Goncharov [1812.6(18).6, Simbirsk- 1891.15(27).9, Peterburg] — rus yozuvchisi. Peterburg FA muxbir aʼzosi (1860). Moskva universitetini tugatgan (1834). Realistik proza ustasi. Dastlab romantik sheʼrlar, qissalar yozgan. „Pallada kemasi“ ocherklar turkumi (1855—57)da Osiyo va Yevropa xalqlarining turmushi, axloqi va ruhiyati aks etgan. „Oddiy voqea“ (1847), „Jarlik“ (1869) romanlari XIX asr tanqidiy realizmining eng yaxshi namunalaridir. Ularda 40—60-yillardagi rus voqeligi va davrning hayotiy tavsiflari aniq, tasvirlangan. „Oblomov“ (1859) romanida krepostnoylik munosabatlari mahsuli boʻlgan „oblomovchilik“ dangasalik, qoloqlik ramzi ekanligini, uning chuqur ijtimoiy va realistik mohiyatini ochib berdi. „Zamon zayli“ romani oʻzbek tilida nashr qilingan (1984).
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
Turkum:Rossiyalik yozuvchilar Turkum:1812-yilda tugʻilganlar Turkum:1891-yilda vafot etganlar Turkum:18-iyunda tugʻilganlar Turkum:27-sentabrda vafot etganlar Turkum:Rossiya imperiyasi yozuvchilari Turkum:Rossiya Imperiyasida vafot etganlar Turkum:Rossiya imperiyasida tugʻilganlar Turkum:Rossiya imperiyasi kishilari