Davlat qimmatli qogʻozlari — byudjet taqchilligini qoplash maqsadida hukumat yoki mahalliy hokimiyat idoralari nomidan chiqariladigan va hukumat tomonidan kafolatlanadigan qimmatli qogʻozlardir.
Amal qilish muddatiga koʻra davlat qimmatli qogʻozlari quyidagi turlarga boʻlinadi: qisqa muddatli obligatsiyalar — xazina veksellari (bir haftadan bir yilgacha); oʻrta muddatli — notalar (bir yildan besh yilgacha); uzoq muddatli — bonlar (besh yildan ortiq).
Aholining jamgʻarmalarini jalb qilish maqsadida chiqariladigan jamgʻarma bonlari va sertifikatlar kabi davlat qimmatli qogʻozlari ham mavjud.
Davlat qimmatli qogʻozlari istalgan vaqtda toʻlov uchun taqdim etilishi mumkin, biroq muddati tugamagan qimmatli qogʻozlar boʻyicha toʻlanadigan foiz miqdori pastroq boʻladi.
Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Turkum:Davlat Turkum:Huquq Turkum:Huquqshunoslik Turkum:Huquqiy atamalar Turkum:Iqtisod Turkum:Iqtisodiy atamalar Turkum:Huquq va iqtisodiyot Turkum:Iqtisodiy mafkuralar