Darparda — 1) deraza pardasi; 2) panjara shaklidagi yogʻoch darcha. D. oʻtmishda deraza koʻzi oʻrnida ishlatilgan, undan xona ichiga yorugʻlik va havo kirib turgan. Qishda esa sovuq kirmasligi uchun D.ga yogʻlangan qogʻoz yopishtirib qoʻyilgan.

Adabiyot OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil