Yevkradit (? — mil. av. 155) — Yunon-Baqtriya podsholigi shohi (mil. av. taxminan 171 — 155), dastlab Baqtriyadagi harbiy garnizon boshligʻi. Demetriy I ning Hindistonga qilgan yurishidan foydalanib, mil. av. taxminan 174-yilda Baktriyada qoʻzgʻolon koʻtargan va hokimiyatni oʻz qoʻliga olgan. Baqtriyaliklar Yevkradit boshchiligida sugʻdiylar, araxotlar, drangʻlar, areylar va hindlar bilan betinim urushlar olib borishgan. Demetriy I bir qism qoʻshini bilan Hindiston yurishidan qaytib Yevkradit qoʻshini bilan kurashga kirishgan va Baqtra shaharini qamal qilgan. Qamal 5 oyga choʻzilgan. Yevkradit 300 jangchisi bilan bot-bot qalʼadan chiqib 60 minglik qoʻshinga ega raqibiga ketma-ket zarbalar berib gʻalabaga erishgan, Demetriy I jangda halok boʻlgan. Demetriy I ning vorislari Hind vodiysidagi hokimiyatni oʻz qoʻllarida saqlab qolgan. 2 ta mustaqil hokimiyat: Yunon-Baqtriya va Yunon-Hind podsholigi vujudga kelgan. Mil. av. 162-yilda Yevkradit Parapamisadga bostirib kirib Demetriy I ning vorislaridan Panjobni tortib olgan. Ammo, uning hujumi Hind vohasidagi Yunon-Hind podsholigining shohi Menandr tomonidan toʻxtatilgan. Yevkradit Hindistondan qaytayotganida oʻgʻli va taxtdoshi Geliokl tomonidan oʻldirilgan. Yevkradit zarb etgan tangalar arxeologlar tomonidan Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afgʻoniston hududidan koʻplab topilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Yana qarang Yunon-Baqtriya podsholigi
Manbalar
Turkum:Shohlar