Yekaterina II Alekseevna (1729.21.4 — 1796-yil, 11-iyun) — Rossiya imperatori (1762—96). Nemis knyazlari avlodidan, asli ismi Sofiya Frederika Avgusta Angalt-Tserbstskaya. 1744-yilda Rossiya imperatori Yelizaveta Petrovna panohiga kelgach, pravoslav diniga oʻtgan va Yekaterina Alekseevna nomini qabul qilgan. 1745-yilda Pyotr III ga nikohdangan. Yekaterina II gvardiyachi ofitserlar yordamida saroy toʻntarishi yasagan (1762-yil 28-iyun) Pyotr III ni qamoqqa oldirib, 5-iyulda oʻldirtirgan va oʻzi taxtga oʻtirgan. Uning ichki va tashqi siyosati dvoryanlar manfaatini himoya qilishga, krepostnoylik va mustabid hokimiyatni kuchaytirishga qaratilgan 1775-yilgi gubernya islohoti, 1785-yilda dvoryanlarga berilgan imtiyozlar va boshqa tadbirlar dvoryanlar hukmronligini mustahkamlashga xizmat qildi. Yekaterina II davrida Pugachyov qoʻzgʻoloni (1773—75) boʻlgan; rus-turk urushi (1768—74, 1787—91) natijasida Rossiya Qora dengizda uzil-kesil mustahkamlanib olgan; Shimoliy Qora dengiz boʻyi, Qrim, Kuban choʻllari qoʻshib olingan. Sharqiy Gruziya Rossiya tobeligiga qabul qilingan (1783). Ukraina va Belorussiyaning bir qismi Rossiyaga qoʻshib olingan. Volter va boshqa fransuz maʼrifatparvarlari bilan xat yozishgan. Koʻpgina dramatik, publitsistik, ilmiy-ommabop maqolalar muallifiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Havolalar Chechulin N. D. Ocherki po istorii russkix finansov v sarstvovanie Yekaterini II. Spb-1906 g. na sayte Runivers Brikner A. G. Istoriya Yekaterini Vtoroy (v 4 tomax)na sayte Runivers Bilbasov Vasiliy Alekseevich. Istoriya Yekaterini Vtoroy (v 2 tomax)na sayte Runivers Yekaterina II. Volnoe, no slaboe perelojenie iz Shakespira, komediya Vot kakovo imet korzinu i bele Yekaterina II Velikaya. Istoriya Rossii ekaterininskoy epoxi Memuari Yekaterini II Predki imperatritsi Yekaterini II Velikoy Epoxa pravleniya Yekaterini II Sochineniya Yekaterini II na sayte Lib.ru: Klassika Vinogradov V. B., Narojniy Ye. I. Plagiat Yekaterini Vtoroy
Turkum:Imperatorlar Turkum:Rossiya imperatorlari Turkum:Rossiya Imperiyasida vafot etganlar Turkum:Rossiya imperiyasi kishilari