Navruz Japaqov (1914.16.5 — Taxtakoʻpir tumani — 1975.13.3) — qoraqalpoq shoiri va adabiyotshunosi. Oʻzbekistonda (1974) va Qoraqalpogʻistonda (1964) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Filologiya fanlari doktori (1967).
Mehnat faoliyati Koʻp yillar yuqori rahbarlik idoralarida ishlagan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti (1961—1967) va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi N. Dovqorayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida (1967—1975) katta ilmiy xodim.
Ijodiy faoliyati Ilk sheʼrlar toʻplami — „Quyosh“ (1940). Navoiyga bagʻishlangan „Shoir soʻzi“ dostoni (1949, J. Oymurzayev bilan hamkorlikda), „Uzoqdagi yaylovlar“ (1955, X. Seitov bilan hamkorlikda), „Suvchi“ (1958) dostonlarida qoraqalpoq xalqining turmushi va yaratuvchilik mehnati aks etgan. „Orol baliqchilari“ kinossenariysi (M. Melkumov bilan hamkorlikda) va adabiyotshunoslikka oid bir qancha asarlar muallifi („Qoraqalpoq adabiyotida realizm masalasiga doir“, 1972; „Adabiyotimiz haqida oʻylar“, 1974 va b.).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar https://centrasia.org/person2.php?&st=1184273056 http://www.knowbysight.info/ZhZZ/10796.asp http://www.ziyouz.uz/ru/index.php?option=com_content&view=article&id=1103:--1914&catid=64:karakalpak&Itemid=54
Adabiyotlar Amu boʻylarida, T., 1956; Tiriklar bilan birga: Poema va sheʼrlar, T., 1962; Tanlamali shigarmalari, 3 tomlik, Nokis, 1978-80.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari