Jumurtov — Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi shaharcha (1968 yildan). Aholisi 3,5 ming kishidan iborat (2000), asosan, qoraqalpoqlar va oʻzbeklar yashaydi, shuningdek, rus, tatar, turkman va b. millat vakillari ham istiqomat qiladi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Urganchgacha 70 km.

Jumurtov Amudaryo tumanining sharqida, asosan, Jumurtov togʻi etaklarida joylashgan. Jumurtovda tosh maydalash-saralash, noruda materiallar ishlab chiqarish, asfalt, shagʻal, ohaktosh zavodlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish birlashmasi, neft bazasi, non yopish sexi, avtokorxona, 2 ta maktab, kutubxona bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Amudaryo tumanining shahar tipidagi aholi punktlari