Zarbandtogʻ — Nurota togʻ sistemasidagi Oqtogʻning yon tizmasi, Oqtepasoydan gʻarbda. Uzunligi 10 km, eng baland joyi Zarband qishlogʻi yaqinida (1280 m). Zarbandtogʻ paleozoy yotqiziqlari, asosan, slanetslardan tarkib topgan, relyefi asosan tekislik. Tipik va toʻq boʻz tuproq keng tarqalgan. Efemerlar va efemeroid oʻsimliklari oʻsadi. Zarbandtogʻdan xoʻjalikda yaylov sifatida foydalaniladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Togʻlar Turkum:Oʻzbekistonning relef shakllari