Ibn Al-faqih Abu Bakr Ahmad Ibn Ishoq Al-Hamadoniy (X asr) — oʻrta asr arab geografi, tarixchisi va muxaddisi. Hamadonda tugʻilgan. Abbosiylardan xalifa Al-Muʼtazid (892—902) va Al-Muqtafiy (902—908) davrida "Kitob axbor al-buldon" ("Mamlakatlar toʻgʻrisidagi xabarlar kitobi") asarini yozgan (902—908). Uni yozishda oʻzidan oldin oʻtgan Ibn Fazlon, Abu Dulaf, Al-Johiz, Al-Madoiniy, Al-Balozuriy, Ibn Qutayba asarlaridan foydalangan. Asarda qitʼalar va dengizlarni, Xitoy, Hindiston, arab mamlakatlari, Vizantiyani tavsif qilgan, Oʻrta Osiyoning viloyat, shaharlari tarixi, geografiyasi, turkiy xalqlar taʼrifi va ularning joylashishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muhim ahamiyatga ega. Asarning Oʻrta Osiyoga bagʻishlangan qismini De Guye nemischaga tarjima qilib, nashr ettirgan (1885).OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Kishilar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Tarixchilar Turkum:Muhaddislar Turkum:Geograflar Turkum:Arab geograflari Turkum:X asr eronlik geograflar Turkum:X asr geograflari