Hafiza Ibrohimova (1927-yil Fargʻona — 1967-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1967). 15 yoshida Fargʻonadagi „Kooperativ“ artelida ishlab, shu yerdagi havaskorlar toʻgaragiga qatnashgan. 1946-yildan Fargʻona viloyati musiqali drama va komediya teatrida aktrisa. Eng yaxshi rollari: Obida ("Muqimiy"), Sanam ("Aziz va Sanam"), Zulxumor ("Ravshan va Zulxumor"), Qumri ("Qumrining murodi"), Gulsara ("Gulsara"), Zuhra ("Tohir va Zuxra") va boshqalar. Qahramonning lirik, psixologik kechinmalarini ochib berishda hayotiy va ishonarli talqin, mahorat va tabiiylik Ibrohimova ijodiga xosOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar