Keyp-york — Avstraliyaning shimoli-sharqiy qismidagi yarim orol. Marjon dengizi bilan Karpentariya qoʻltigʻi oraligʻida. Uzunligi 600 km dan ziyod. Maydoni 300 ming km. Gʻarbiy qismi pasttekislik, sharqi yassitogʻlik (bal. 555 m gacha). Iqlimi subekvatorial. Evkalipt oʻrmonlari, gʻarbiy sohillarida mangra oʻrmonlari, sharqida doim yashil sernam tropik oʻrmonlar bor. Boksitning katta konlari topilgan, oltin, qoʻrgʻoshin qazib olinadi. Milliy parklar borOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Yarim orollar