thumb Alim Pshemaxovich Keshokov [1914.9(22).7, Shalushka qishlogʻi (hoz. Kabarda-Balkariya, Chegem tumani) — 2001.29.1, Moskva] — kabardin shoiri va yozuvchisi. Kabarda-Balkariya xalq shoiri (1964). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Ilk sheʼrlar toʻplami — "Togʻ etaklarida" (1941). "Chavandozning yoʻli" (1946) dostoni, "Yoshlik zamini" (1948), "Sheʼrlar" (1951) toʻplamlarida Ikkinchi jahon urushi voqealari aks etgan. "Choʻqqilar uygʻoq" (1—2-kitob, 1960, 1966); "Singan taqa" (1973), "Oy chiqishi" (1977) romanlarida kabardin xalqining hayoti tasvirlangan. "Qorli togʻdan qarab" avtobiografik qissasi (1974), "Alxo" pyesasi (1950), "Koʻchki" kinossenariysi (1951) muallifi. K. oʻzbek shoirlari (A. Oripov, O. Matjon va boshqalar) sheʼrlarini kabardin tiliga tarjima qilgan. "Choʻqqilar uygʻoq" romani oʻzbek tilida nashr etilgan (1970)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:SSSRlik yozuvchilar Turkum:1914-yilda tugʻilganlar Turkum:22-iyulda tugʻilganlar Turkum:29-yanvarda vafot etganlar Turkum:2001-yilda vafot etganlar Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar